Yuk avtotransportlarida xalqaro yuk tashish turini aniqlash mezonlari belgilandi
“Avtomobilda amalga oshirilayotgan xalqaro yuk tashish turini belgilash mezonlari va tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami 3194, 08.11.2019 y.).

“Avtomobilda amalga oshirilayotgan xalqaro yuk tashish turini belgilash mezonlari va tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami 3194, 08.11.2019 y.).
Qarorga muvofiq, yuklarni yuk avtotransport vositalarida xalqaro tashishning quyidagi turlari farqlanadi:
ikki tomonlama tashishlar;
tranzit tarzidagi tashishlar;
uchinchi davlat hududiga yoki uchinchi davlat hududidan tashishlar.
Shuningdek, ushbu qaror bilan yuklarni tashishning aynan qaysi tashish turiga kirishini aniqlash mezonlari belgilandi.
Qarorga koʻra, xalqaro yuk tashish turini belgilash tartibi Avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlash kvotasini belgilash, taqsimlash, berish va foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan amalga oshiriladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

