| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes2 daqiqada oʻqiladi755 marta oʻqildi

Jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun tovarlarni olib oʻtish tartibi yanada takomillashadi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 noyabrdagi “Jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlar uchun tovarlarni olib oʻtish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” PQ-4508 son qarori qabul qilindi.

Jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun tovarlarni olib oʻtish tartibi yanada takomillashadi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 noyabrdagi “Jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlar uchun tovarlarni olib oʻtish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” PQ-4508 son qarori qabul qilindi.

Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq, shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlar uchun olib oʻtiladigan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 yanvardan:

Notijorat maqsadlar uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan oʻtish punktlari orqali

qoʻl yukida va kuzatib borilayotgan bagajda tovarlar olib kirayotgan jismoniy shaxslar uchun, shuningdek, jismoniy shaxs nomiga xalqaro pochta va kurerlik joʻnatmalari orqadi keladigan tovarlarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan bojxona boji, qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻi oʻrniga yagona bojxona toʻlovini nazarda tutuvchi bojxona toʻlovlarini undirishning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi.

Jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy extiyojlari uchun bojxona chegarasi orqali qoʻl yukida, kuzatib borilayotgan bagajda, shuningdek, pochta joʻnatmalari orqali hayvonotga mansub oziq-ovqat mahsulotlari olib kirilganda, ular ishlab chiqaruvchining oʻrovida boʻlishi majburiy etib belgilandi.

Yagona bojxona toʻlovi bojxona toʻlovlari undirilmaydigan tovarlarni jismoniy shaxslar tomonidan respbulikaga olib kirishning cheklagan meʼyorlaridan ortgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodidan va kelib chiqish mamlakatidan qatʼi nazar tovarlarning barcha toifalari boʻyicha bojxona qiymatidan kelib chiqqan holda, cheklangan meʼyorlardan ortiq qismiga nisbatan undiriladi.

Bunda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 fevraldagi “Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ–3512-son qarori 1-ilovasida nazarda tutilgan tovarlarni olib kirish meʼyorlaridan ortgan taqdirda bojxona toʻlovlari umumbelgilangan tartibda toʻlanadi.

Yaʼni, alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivo – 2 litrdan, barcha turdagi tamaki mahsulotlari – 10 qutidan, atir va atirsimon suyuqliklar – 3 donadan, qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari – 65 gr.dan ortgan taqdirda bojxona toʻlovlari umumbelgilangan tartibda toʻlanadi.

Endilikda tovarning bojxona qiymatidan 30 foiz, lekin har bir kilogrami uchun 3 AQSh dollardan kam boʻlmagan miqdorida yagona bojxona toʻlovi stavkasi joriy qilinadi.

Qaror bilan Jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun olib kiriladigan tovarlar toifasiga kirmaydigan tovarlarning quyidagi roʻyxati ham tasdiqlandi.

  1. Ichki yonuv dvigatellari.

  2. Oʻzbekiston Respublikasi TIF TN 8403 10 subpozitsiyasida tasniflanuvchi markaziy isitish qozonlari.

  3. Oʻzbekiston Respublikasi TIF TN 8426 - 8430, 8433 - 8442,
    8444 00 – 8449 00 000 0, 8453 - 8464, 8465, 8466, 8468, 8474 - 8480, 8486, 8514, 8530, 8534 00, 8535, 8545, 8548, 9024, 9027, 9030 va 9031 tovar pozitsiyalarida tasniflanuvchi mashinalar, mexanizmlar, uskunalar (gazonlar, istirohat bogʻlari yoki sport maydonchalari uchun kosilkalar, diskli maishiy arra).

  4. Oftobda qorayish uchun solyariylar.

  5. Tibbiyot texnikasi va uskunasi (shpritslar, ignalar, kateterlar, kanyulyalar, shunga oʻxshash asboblar, qon bosimi, tana haroratini oʻlchash uskunasi, shuningdek, tibbiy koʻrsatmalar boʻyicha foydalanish uchun zarur apparaturalar bundan mustasno).

  6. Tibbiyot, xirurgiya, stomatologiya yoki veterinariya mebeli
    (tibbiy koʻrsatmalar boʻyicha foydalanish uchun zarur boʻlgan mexanik moslamali shifoxona koykalari bundan mustasno).

  7. Sartarosh kreslosi va oʻxshash kreslolar, ularning qismlari.

  8. Oʻzbekiston Respublikasi TIF TN 9010 tovar pozitsiyasida tasniflanuvchi fotolaboratoriyalar uchun apparatura va uskuna.

  9. Oʻzbekiston Respublikasi TIF TN 9023 00 tovar pozitsiyasida tasniflanuvchi namoyish qilish maqsadlariga moʻljallangan jihozlar, apparatura va modellar.

  10. Tangalar, banknotlar, bank kartochkalari, jetonlar yoki boshqa shunga oʻxshash toʻlov vositalari bilan harakatga keltiriladigan oʻyin avtomatlari.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ