«Markaziy bank toʻgʻrisida»gi Qonunning yangi tahriri eʼlon qilindi
Hujjat eski tahririda 1995 yildan buyon, deyarli 24 yil amal qilgan. 2018 yilning yanvar oyida qator tizimli muammolar: MBning mavjud boshqaruv va risk-menejment sifatiga taʼsir qilish mexanizmlarining takomillashmaganligi, bank faoliyatiga maʼmuriy aralashuv, bank nazoratini amalga oshirishdagi qiyinchiliklar bois Markaziy bankda islohotlar boshlandi.

Hujjat eski tahririda 1995 yildan buyon, deyarli 24 yil amal qilgan. 2018 yilning yanvar oyida qator tizimli muammolar: MBning mavjud boshqaruv va risk-menejment sifatiga taʼsir qilish mexanizmlarining takomillashmaganligi, bank faoliyatiga maʼmuriy aralashuv, bank nazoratini amalga oshirishdagi qiyinchiliklar bois Markaziy bankda islohotlar boshlandi.
Prezidentning 2018 yil 9 yanvardagi Farmoni bilan regulyator faoliyatining strategik maqsadli yoʻnalishlari qayd etilgan edi: narxlar barqarorligi, bank tizimi barqarorligi va rivojlanishi, toʻlov tizimi barqarorligi va rivojlanishini taʼminlash. Farmonda amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida uning faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari belgilandi. MBga koʻproq mustaqillik berish maqsadida u Hukumat mutasaddilik qiladigan organlar roʻyxatidan chiqarildi.
Markaziy bank toʻgʻrisidagi yangi qonun hujjati «Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida»gi, «Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida»gi va «Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida»gi qonunlar toʻplamida qabul qilindi hamda ular bilan kompleksda koʻrib chiqilishi kerak. Ushbu hujjatlarda takroriy normalar, xususan, MBning nazorat va boshqaruv vakolatlari hamda uning bank sektori va toʻlovlar sohasidagi funksiyalari, shu jumladan u tomondan koʻriladigan choralar va sanksiyalarga taalluqli bir-birini takrorlovchi normalar talaygina. Markaziy bankning pul-kredit siyosati, mamlakatda toʻlovlarni amalga oshirish, valyutani tartibga solish va nazorat qilish toʻgʻrisidagi boblar bir-biriga mazmun jihatdan yaqin.
Sanab oʻtilgan hujjatlar kabi MB toʻgʻrisidagi qonunning yangi tahriri ham batafsillashtirish va aniqlashtirish darajasi, havolaki va blanket normalarni kamaytirishga toʻgʻridan-toʻgʻri harakat qilinishi bilan farqlanadi. Masalan, unda regulyatorning kredit tashkilotlari bilan oʻzaro munosabatlari va ularning xizmatlaridan foydalanuvchilarning huquqlarini himoya qilish choralari ochib berilgan.
Bir qator normalar MB xodimlariga taalluqlidir. Ular boshqa haq toʻlanadigan faoliyat (ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari) bilan shugʻullanishi, bankning boshqaruv organlariga va boshqa tijoriy tuzilmalarga kirishi taqiqlangan, xizmatga doir maʼlumotlarni sir saqlashga majburlar. Xodimlar tadbirkorlik subʼyektlarining, shu jumladan kredit va toʻlov tashkilotlari, toʻlov tizimi operatorlari, valyuta birjalari, kredit byurolari, bank xizmatlari autsorserlari va konsolidatsiyalashgan nazorat ostida boʻladigan subʼyektlarning moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini tekshirishlarda ishtirok etmaydilar.
MB xodimlari huquqiy jihatdan himoya qilinishi kafolatlangan – ular oʻz lavozim majburiyatlarini insofsizlik bilan bajarganligi uchun javobgar boʻladilar. Markaziy bank xodimlarning faoliyati yuzasidan olib boriladigan sud ishlarida, endi bankda ishlamayotgan boʻlsalar ham ularning manfaatlarini himoya qilish xarajatlarini oʻz zimmasiga oladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

