«Iqtisodiy erkinlik indeksi»: Oʻzbekistonning pozitsiyasi
Oʻzbekiston 2019 yilning 9 oyi yakunlariga koʻra «Iqtisodiy erkinlik indeksi»da «Soliq yuki» indikatori boʻyicha 23-pozitsiyada, deb xabar beradi DSQ matbuot xizmati.

Oʻzbekiston 2019 yilning 9 oyi yakunlariga koʻra «Iqtisodiy erkinlik indeksi»da «Soliq yuki» indikatori boʻyicha 23-pozitsiyada, deb xabar beradi DSQ matbuot xizmati.
«Heritage Foundation» Amerika markazi tomonidan «Wall Street Journal» bilan hamkorlikda 1995 yildan buyon har yili 186 mamlakatning reytingi tuzib kelinadi. «Iqtisodiy erkinlik indeksi» 4 ta guruhga birlashtirilgan 12 ta komponentni oʻz ichiga olib, 0 dan 100 gacha boʻlgan shkala boʻyicha oʻlchanadi. Indeksning qiymati qancha katta boʻlsa, tuzuvchilar fikriga koʻra, davlat shunchalik iqtisodiy jihatdan erkin boʻladi.
Umumiy reytingda Oʻzbekiston oʻtgan yilda 12 pogʻonaga: 152 oʻrindan 140 oʻringa koʻtarilishni uddaladi. Mamlakat tomonidan toʻplangan umumiy ball 53,3 (oʻtgan yildagi qiymatga nisbatan +1,8) ballni tashkil etdi. 12 ta indikatordan 8 tasida yaxshilanish, uchta indikator - sud tizimining samaradorligi, monetar erkinlik va moliyaviy farovonlik boʻyicha yomonlashuv kuzatiladi. Moliyaviy erkinlik koʻrsatkichi hech qanday tarzda oʻzgarmadi. Biroq, Oʻzbekiston Osiyo-Tinch okeani mintaqasining 43 mamlakati orasida 36-oʻrinni egallagan va umuman mintaqaviy va jahon qiymatlaridan past ballga ega boʻlgan holda koʻproq erkin boʻlmagan iqtisodiyotga ega mamlakatlar qatorida qolmoqda.
Mualliflar asoslanadigan baholash uslubiyatiga koʻra, «Soliq yuki» indikatori quyidagi koʻrsatkichlarning oʻrtacha arifmetik qiymatlari asosida shakllanadi:
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining eng yuqori stavkasi;
korporatsiyalardan olinadigan foyda soligʻining eng yuqori stavkasi;
umumiy soliq yuki YaIMga nisbatan foizda.
Uchta faktorning har biri 100-ballik shkalaga oʻtkaziladi va teng vazni bilan yakuniy koʻrsatkichga kiradi.
Indikator oʻzgarishini baholash uchun Oʻzbekistonda 2018-2019 yillarning 9 oyi uchun quyidagi koʻrsatkichlar qabul qilingan:
22,5%dan 12%gacha pasaytirilgan JShDSning eng yuqori stavkasi;
oʻtgan yili 14% va bu yil 12% boʻlgan yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining eng yuqori stavkasi;
umumiy soliq yuki (soliq tushumlarining davrning YaIMga nisbati).
«Soliq yuki» umumiy indikatorining hisob-kitobi qiymatning 0,3 foizga, 22,2% dan 21,9%gacha pasayganini koʻrsatmoqda.
Bunda tarkibiy koʻrsatkichlarning qiymatlari quyidagi tarzda shakllandi:
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining eng yuqori stavkasi boʻyicha qiymatning 84,8 dan 95,7 gacha – 10,9 foizga yaxshilanishi;
yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining eng yuqori stavkasi boʻyicha qiymatning 94,1 dan 95,7 gacha - 1,6 foizga yaxshilanishi;
umumiy soliq yuki boʻyicha - 85,3 dan 85,6 gacha.
Shu tariqa, Oʻzbekistonda «Soliq yuki» tarkibiy indikatori qiymati oʻrtacha jahon qiymatidan 14,7 foizga (100%dan 77,6%) yaxshi, bu 23-pozitsiyaga toʻgʻri keladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

