| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi2 341 marta oʻqildi

Milliy huquqiy internet portali ishga tushirildi

Mazkur portal Adliya vazirligining 10 dan ortiq axborot tizimlarini, xususan, lex.uz, adliya organlari va muassasalarining rasmiy veb-saytlari, advice.uz, bolahuquqlari.uz portallarini birlashtiradi.

Portalda Toshkent davlat yuridik universiteti, Yuristlar malakasini oshirish markazi, X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining oʻquv kurslari haqida ham maʼlumotlar berilgan.

Foydalanuvchilar portaldan Adliya vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalari, advokatlar va notariuslar xizmatlariga oid eʼlonlar, tezkor ishonch telefonlari haqida maʼlumot olishlari mumkin. Shuningdek, portalda huquqiy savodxonlikni oshiruvchi yuridik lugʻat va eng zarur huquqiy adabiyotlar elektron maydonchasi ham mavjud.

Mazkur portal aholining huquqiy ongini yuksaltirishda samarali platforma boʻlib xizmat qilishi hamda yagona kirish nuqtasi orqali huquqiy axborotni olish uchun qulay imkoniyat yaratishi shubhasiz.

Ushbu portal Prezidentning 2019 yil 9 yanvardagi PF–5618-son Farmonida nazarda tutilgan vazifalar ijrosi doirasida ishlab chiqildi va ishga tushirildi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ