Lombard va mikrokredit tashkilotlari kassalariga qoʻyiladigan talablar soddalashtirildi
MB Boshqaruvining qarori bilan ular tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi (roʻyxat raqami 1719-3, 6.11.2019 yil).

MB Boshqaruvining qarori bilan ular tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi (roʻyxat raqami 1719-3, 6.11.2019 yil).
Xususan, quyidagilar bekor qilindi:
kassada ikkita: qimmatliklarni saqlash xonasi va kassa operatsiyalarini amalga oshirish xonasi boʻlishi zarurligi sharti;
binoning birinchi qavatida yoki oraliq qavatida joylashishi toʻgʻrisidagi shart;
kassa xonalari devorlari va eshiklarining muayyan qalinlikda boʻlishi toʻgʻrisidagi shart va boshqalar.
Kassa xonalariga moddiy javobgar shaxslarning biometrik belgilariga: barmoq izi, koʻz gavhari, tovush diapazoni va boshqalarga qarab identifikatsiya qilishga qodir boʻlgan eshiklar oʻrnatilishi mumkin.
Bundan tashqari, kassadagi naqd pul qoldigʻining belgilangan limitidan ortiqcha boʻlgan qismini bankdagi hisobvaraqlarga kiritish uchun bankka topshirish tartibi toʻgʻrisidagi bandga tuzatish kiritildi. Lombardlar va mikrokredit tashkilotlari naqd pullarni inkassatsiya xizmatlari orqali yoki mustaqil ravishda topshirishlari belgilandi. Eslatib oʻtamiz, 2018 yil 1 noyabrdan quyidagi qoidalar amal qilmoqda: xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar naqd pulni kunlik oʻrtacha naqd pul tushum 20 BHMdan ortiq boʻlganda har kuni, kam boʻlganda esa oʻzlari belgilagan muddatlarda topshiradilar.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

