| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi537 marta oʻqildi

Banklar amalga oshiradigan operatsiyalar roʻyxati kengaydi

“Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahriri Prezident tomonidan imzolandi

Banklar amalga oshiradigan operatsiyalar roʻyxati kengaydi

“Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahriri Prezident tomonidan imzolandi.

Qonunga muvofiq, banklar amalga oshiradigan operatsiyalar roʻyxati bir qator yangi bank operatsiyalari bilan toʻldirildi.

Xususan, qimmatbaho metallardan yasalgan tangalarni sotib olish va sotish, elektron pullarni chiqarish, ulardan foydalanish va toʻlash kabi operatsiyalar shular jumlasidandir.

Qonun bilan, shuningdek, kreditorlar va omonatchilarning huquqlarini himoya qilish maqsadida banklar uchun taqiqlangan yoki cheklangan faoliyatga oid normalar belgilandi.

Qonunga koʻra, bank ustav kapitalining eng kam miqdori yuz milliard soʻmni tashkil etishi lozim.

Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ