Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamentining mudiri tayinlandi
Hukumat qarori bilan Abdugʻappor Karimjonovich Qirgʻizboyev Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamentining mudiri etib tayinlandi.

Hukumat qarori bilan Abdugʻappor Karimjonovich Qirgʻizboyev Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamentining mudiri etib tayinlandi.
Departament prezidentning 2019 yil 21 oktyabrdagi PF-5850-son farmoniga asosan tashkil etilgan. Davlat tilini rivojlantirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohada jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etish Departament asosiy vazifalaridan sanaladi.
Maʼlumot uchun: Abdugʻappor Qirgʻizboyev 1962 yilda Namangan viloyatida tugʻilgan. 1985 yil Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutini tamomlagan, mutaxassisligi - tarix va jamiyat oʻqituvchisi. Tarix fanlari doktori, dotsent. U Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi sifatida ishlab kelayotgandi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

