Toshkentning bir nechta chorrahalarida “Vafel chizmalari” tashkil etilmoqda
Hozirgi vaqtda sariq rangli kataklar Nukus koʻchasining Bobur, Abdulla Qahhor, Glinka, Beshyogʻoch, Mirobod, Avliyo-Ota, Afrosiyob koʻchalari bilan kesishmasida – jami yettita chorrahalarda chizilgan.

Poytaxtda kun sayin avtomobillar soni ortib borishi sababli tirbandliklar ham koʻp uchramoqda. Ushbu muammo koʻpincha chorrahalarda sabrsiz haydovchilar svetoforning yashil chirogʻi oʻchib-yonayotganida oʻtib ketmoqchi boʻlishlari sababli yuzaga keladi.
Ushbu muammoni hal qilish uchun Toshkent shahar IIBB YHXB YPX xodimlari poytaxt Hokimiyati bilan hamkorlikda xalqaro tajribaga asoslangan holda, sinov tariqasida shahar yoʻllarida tirbandlik bilan kurashishning yangi uslubini joriy qilishdi. Xususan, mazkur chizmani qoʻllash qarori qabul qilinishiga Singapurdagi muvaffaqiyatli tajriba sabab boʻldi: ushbu yangilik sababli Singapur hukumati yoʻllardagi holat yaxshilanishiga erishgan.
Oʻtgan haftaning oxirida poytaxdagi bir necha chorrahalarda yotqizilgan yangi yoʻl chizmasi tashqi koʻrinishi sababli xalq tilida “vafel chizmasi” deb nomlanadi. Chizma yordamida harakat yoʻnalishida tirbandlik yuzaga chiqqan holatda chiqish mumkin boʻlmagan hudud belgilab olinadi va haydovchi toʻxtashga majbur boʻladi. “Vafel chizmasi” YHQ bilan belgilangan baʼzi holatlarda oʻng yoki chap tomonga burilishni taʼqiqlamaydi.
Chizma parallel kesishadigan sariq rangli diagonal chiziqlardan hosil boʻlgan kataklar koʻrinishiga ega. “Vafel chizmasi” mustaqil tarzda hamda chorrahaga yaqinlashish haqida ogohlantiruvchi yoʻl belgisi bilan birga qoʻllanilishi mumkin.
Hozirgi vaqtda sariq rangli kataklar Nukus koʻchasining Bobur, Abdulla Qahhor, Glinka, Beshyogʻoch, Mirobod, Avliyo-Ota, Afrosiyob koʻchalari bilan kesishmasida – jami yettita chorrahalarda chizilgan.
Sinov tariqasida chizilayotgan chizma tirbandliklar koʻp uchrab turadigan boshqariladigan chorrahalarda qoʻllaniladi. Yaqin kunlarda poytaxtning yana 18 ta chorrahalarida, yaʼni quyidagi koʻchalar kesishmalarida “vafel chizmalari”ni tashkil etish rejalashtirilmoqda: Nukus – Taras Shevchenko, Nukus – Amir Temur, Nukus – Istiqbol, Mustaqillik – Oqqoʻrgʻon, Mustaqillik – Sayram (7-yoʻl), Mirzo-Ulugʻbek – Doʻrmon yoʻli, Doʻrmon yoʻli – Mingbuloq, Doʻrmon yoʻli – Gʻazalkent, Doʻrmon yoʻli – Temur Malik, Mustaqillik – Shastri, Mustaqillik – Shahrisabz, Shahrisabz – Amir Temur, Alisher Navoi – Zarafshon, Sharof Rashidov – Alisher Navoi, Sharaf Rashidov – Matbuotchilar, Sharaf Rashidov – Afrosiyob, Fidoilar – Afrosiyob, Shahrisabz – Afrosiyob.
Rejalashtirilgan ishlar yakunlangach, Toshkentdagi qamralgan chorrahalarning umumiy soni 25 tani tashkil etadi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

