O'zbekistondagi biznes - yangiliklar va hodisalar, biznes-tahlillar, ishbilarmonlik faolligi indekslari, biznes-iqlim tahlili va Review.uz saytidagi ekspertlar
242 ta material

Londonda UZINVEST Forumi oʻz ishini boshladi
Tadbirda mutasaddi davlat idoralari rahbarlari, bank sohasi, xususiy biznes vakillari, chet el investorlari, xalqaro moliya tashkilotlari, iqtisodiy tahlil va maslahat tashkilotlari, xalqaro hamda mahalliy OAV vakillari qatnashmoqda.

Bank qarz oluvchining sugʻurta kompaniyasini tanlash huquqini cheklamaydi
Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritish haqidagi qaror Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

«Biznes yuritish» hisobotida Oʻzbekiston pozitsiyasini yaxshilash boʻyicha«yoʻl xaritasi» qabul qilindi
Har yilgi «Biznes yuritish» hisobotida Oʻzbekiston pozitsiyasini yaxshilash boʻyicha navbatdagi «yoʻl xaritasi» qabul qilindi. Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston joriy reytingda 69-oʻrinni egallaydi, eng yaxshi islohotchi mamlakatlar qatorida «top-20»ga kirgan.

Ozarbayjon kompaniyalari bilan yangi qoʻshma korxona tashkil etishning dastlabki qadamlari belgilab olindi
Joriy yilning 20 noyabr kuni "Oʻzbekneftgaz" AJda «Socar», «Socar Trading» va «Chemtrade LLC» kompaniyalari vakillaridan iborat Ozarbayjon delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

"Mozori-Sharif - Toshkent" yoʻnalishida muntazam avia qatnovlar yoʻlga qoʻyiladi
Joriy yilning 18 noyabr kuni Mozori-Sharif shahrida (Afgʻoniston) Oʻzbekiston Respublikasi va Afgʻoniston Islom Respublikasi aviatsiya maʼmuriyati oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtdi.

Biznes-ombudsmanga koʻproq huquqlar berildi
12.11.2019 yildagi OʻRQ-583-son Qonun bilan mamlakatimizning bir qator kodekslari va qonunlariga tuzatishlar kiritildi.

Davlat organlariga xususiylashtirish natijalarini qayta koʻrib chiqish tashabbusi bilan chiqish taqiqlandi
“Mamlakatda biznes muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi.

Energetika vazirligida «Worley» xalqaro injiniring kompaniyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligida «Worley» (AQSh) kompaniyasi vakillari bilan yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish sohasida hamkorlikni rivojlantirish borasida muzokara oʻtkazildi.

“Oʻzsanoatqurilishbank” yevrobond chiqarishga tayyorgarlik koʻrmoqda
“Oʻzsanoatqurilishbank” dollardagi yevrobond chiqarish uchun road show oʻtkazmoqda. Bu haqda Cbonds.ru nashriga tayanib, spot.uz xabar bermoqda.

UzAuto Motors avtomobillar uchun yangi ranglar palitrasini taqdim etdi
UzAuto Motors kompaniyasi avtomobillari uchun yangi ranglar qoʻllay boshlaganini maʼlum qiladi. Yangi ranglar avtomobillarning barcha modellari joriy qilingan boʻlib, ularga shartnoma tuzish hozirdan boshlangan.

Energetika vazirligida «Worley» xalqaro injiniring kompaniyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligida «Worley» (AQSh) kompaniyasi vakillari bilan yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish sohasida hamkorlikni rivojlantirish borasida muzokara oʻtkazildi.

Rossiyalik mutaxassis Oʻzbekistonning YeOIIga kirishi mamlakatimiz iqtisodiyotiga ijobiy taʼsir koʻrsatishini aytdi
Yevropa biznes ascotsatsiyasi boshqaruvi raisi hamda Schneider Electricʼning Rossiya va MDH boʻyicha prezidenti Yoxan Vanderplayetsening fikricha, Oʻzbekistonning YeOIIga kirishi mamlakat iqtisodiyotiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Bu haqda Rossiyaning Interfakc agentligi xabar berdi.

2023 yilgacha eng kamida 20 ta davlat kompaniyasi xususiylashtiriladi
Oʻzbekiston 2023 yilgacha kamida 20 ta yirik davlat kompaniyasini xususiylashtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 15 noyabr kuni «Kapital bozorining Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishdagi oʻrni» mavzusidagi xalqaro konferensiyada Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori Otabek Nazirov maʼlum qildi.

ITIMda yangi tahrirdagi soliq kodeksi loyihasi muhokama qilinadi
Joriy yilning 19 noyabr kuni soat 11:00 da Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazida (ITIM) yangi tahrirdagi soliq kodeksi loyihasi muhokama qilinadi.

Yunusabad Business City qurilishida Janubiy Koreya kompaniyalari ishtirok etadi
Toshkent shahar hokimligida Koreyaning IGIS Asset Management, KIND (Korea Overseas Infrastructure and Urban Development Corporation) va Wooju Construction Co. LTD. kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Sahid Hotel & Resort Oʻzbekistonda mehmonxona quradi
Indoneziyaning Sahid Hotel Management & Consultant (Sahid Hotels & Resorts) hamda Devel Eco Group LLC kompaniyasi Oʻzbekistondagi ikkinchi mehmonxonasini qurmoqchi.

Oilaviy mehmon uylari: soliqqa tortish tartibi
Oilaviy mehmon uylari xizmatlari oilaviy mehmon uyi tashkil etish uchun yaroqli turar-joy binosiga ega boʻlgan va unda yashovchi xususiy tadbirkorlar yoki oilaviy tadbirkorlik subʼyektlari tomonidan koʻrsatiladi.

BAA Oʻzbekistonda quyosh elektr stansiyasi quradigan boʻldi
Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Masdar kompaniyasi (BAA) oʻrtasida investitsiya bitimini imzolanishi boʻlib oʻtdi.

Davlat byudjeti ijrosini taʼminlash, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qoʻshimcha imkoniyatlar aniqlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 noyabr kuni joriy yilda davlat byudjetiga tushumlar prognozi ijrosini taʼminlash, tadbirkorlik va kichik biznesni joylarda yanada rivojlantirish uchun qoʻshimcha imkoniyatlarni aniqlash va ishga solish boʻyicha koʻrilayotgan choralar samaradorligi hamda bu boradagi dolzarb vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazdi.

Toshkent metallurgiya zavodi 2020 yilning may oyida ishga tushadi
Toshkent viloyati Zangiota tumanida jadallik bilan barpo etilayotgan Oʻzbekistonning eng zamonaviy sanoat korxonalaridan biri boʻlgan Toshkent metallurgiya zavodining rivojlanishi uchun yangi imkoniyatlar yuzaga kelmoqda.

Kimning biznes tashabbusi davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi
Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi hisobidan loyihalari boʻyicha moliyaviy yordam koʻrsatiladigan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami toifalarining roʻyxati tasdiqlandi (roʻyxat raqami 3192, 4.11.2019 yil).

InnoWeek-2019. Xalqaro innovatsion-investitsion forumida 108,7 mln. dollarga teng anglashuv memorandumlari va investitsiya shartnomalari imzolandi
Haftalik doirasidagi yirik tadbir — “Xalqaro innovatsion-investitsion forum”da xorijiy diplomatik vakolatxonalar rahbarlari, mahalliy va xorijiy tadbirkorlar, ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlari, OAV vakillari ishtirok etdilar.

“Oʻzikkilamchiranglimetall” Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari bozoriga chiqmoqchi
Yaqin vaqtda “Oʻzikkilamchiranglimetall” oʻz mahsuloti bilan Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari bozoriga chiqmoqchi. Bu esa yer shari aholisining qariyb yarmini tashkil etadi.

GMning Tailanddagi zavodi Oʻzbekistonga Chevrolet Trailblazer avtomobillarini yubordi
GM Thailand kompaniyasi Oʻzbekistonga Chevrolet Trailblaze avtomobillarini birinchi partiyasini yubordi. Ushbu “yoʻltanlamas”lar yaqin oylarda sotuvga chiqarilishi rejalashtirilmoqda.

Istanbul-Buxoro yoʻnalishidagi ilk charter reys muvaffaqiyatli amalga oshirildi
Oʻzbekiston Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi turizm sohasini jadal rivojlantirishga doir 5781-sonli farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda “Uzbekistan Airports” AJ tomonidan xorijiy aviakompaniyalar bilan bir qator koʻlamli ishlar olib borilmoqda.
