Davlat organlariga xususiylashtirish natijalarini qayta koʻrib chiqish tashabbusi bilan chiqish taqiqlandi
“Mamlakatda biznes muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi.

“Mamlakatda biznes muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalarini, shu jumladan, obʼyektlarning qiymatini baholash natijalarini qayta koʻrib chiqish va bekor qilish masalalari yuzasidan davlat organlari, shu jumladan, nazorat, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlar tomonidan tashabbus bilan chiqish xususiy mulkning daxlsizligini buzish sifatida baholanadi hamda bunday ishlar koʻrib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
2020 yil 1 fevraldan boshlab:
eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda talab etiladigan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va sertifikatlar “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali rasmiylashtiriladi;
fitosanitariya, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya va ekologik nazorat oʻtkazish uchun undiriladigan toʻlovlar miqdori Moliya vazirligi tomonidan kelishilgan holda belgilanadi;
yuridik shaxslar tomonidan daʼvo arizasi va uning ilovalarini javobgar hamda iqtisodiy sudga soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali elektron tarzda yuborish imkoniyati yaratiladi.
Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 oktyabrdan boshlab quvvati 140 kilovattgacha boʻlgan elektr uskunalarini elektr tarmoqlariga ulash jarayonida sarflanadigan xarajatlar tadbirkorlik subʼyektining xohishiga koʻra, davlat xizmatlari markazlariga texnik shartlarni olish uchun murojaat qilish bilan bir vaqtda berilgan soʻrovnomasiga asosan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Mazkur mablagʻlar tadbirkorlik subʼyektlari foydalangan elektr energiyasi qiymatiga qoʻshiladigan ustamalar hisobidan bir yil davomida undirib olinadi.
2020 yil 1 yanvardan quyidagi talablar bekor qilinadi:
tadbirkorlik subʼyektlari – yuridik shaxslar oʻrtasidagi koʻchmas mulk oldi-sotdi shartnomalarini taraflardan birining talabi boʻyicha notarial tasdiqlanganda kommunal xizmatlar boʻyicha qarzdorliklarni tekshirib olish;
davlat soliq xizmati organlariga soliq toʻlovchilar tomonidan koʻchmas mulkka boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng arizani hamda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlar tomonidan tegishli hududda joylashgan yer uchastkasi va boshqa koʻchmas mulk, uning mulkdorlari toʻgʻrisidagi maʼlumotni bevosita qogʻoz koʻrinishda taqdim etish;
meva-sabzavot va toʻqimachilik mahsulotlari va buyumlarini eksport qilish (paxtadan tashqari) uchun zarur ruxsatnoma va sertifikatlarni rasmiylashtirishda tadbirkorlik subʼyektlaridan toʻlov undirish.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

