| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes2 daqiqada oʻqiladi504 marta oʻqildi

Biznes-ombudsmanga koʻproq huquqlar berildi

12.11.2019 yildagi OʻRQ-583-son Qonun bilan mamlakatimizning bir qator kodekslari va qonunlariga tuzatishlar kiritildi.

Biznes-ombudsmanga koʻproq huquqlar berildi

12.11.2019 yildagi OʻRQ-583-son Qonun bilan mamlakatimizning bir qator kodekslari va qonunlariga tuzatishlar kiritildi.

Prezident huzuridagi Tadbirkorlik subʼyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil instituti (biznes-ombudsman) 2017 yil mayda taʼsis etilgan. Uning maqomi, vakolatlari va ularni amalga oshirish mexanizmi alohida qonun bilan tartibga solingan.

Qabul qilingan tuzatishlar vakilga faoliyati sohasida qoʻshimcha huquqiy dastaklarni taqdim etadi va uning pozitsiyasini mustahkamlashi lozim.

Birinchidan, biznes-ombudsman hamda uning devoni xodimlarining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilgan mansabdor shaxslar uchun alohida sanksiyalar qayd etilgan. Ularning ishiga toʻsqinlik qilish, ularga bila turib yolgʻon axborot berish, murojaatlarni, xulosalarni, taqdimnomalarni, iltimosnomalarni koʻrib chiqmasdan qoldirish yoki ularni koʻrib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish yoxud ular yuzasidan bila turib qasddan ishonchsiz maʼlumotlarni taqdim etish 3 BHMdan 7 BHMgacha miqdorda jarima solinishiga sabab boʻladi.

2411-24111-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar (tadbirkorlik faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik, qonunga xilof ravishda aralashganlik hamda xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qiladigan boshqa huquqbuzarliklar) toʻgʻrisidagi bayonnomalar biznes-ombudsman va uning devoni xodimlari tomonidan tuziladi hamda koʻrib chiqish uchun sudga yuboriladi.

Ushbu sanksiyalar Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi organlari xodimining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilish hamda uning talablarini bajarmaganlik uchun (MJTKning 1973-moddasi) belgilangan jarimalar (2 BHMdan 5 BHMgacha) oʻrniga kiritildi. Shu tariqa, soʻnggi holatda hokimiyat vakilining xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilganlik uchun umumiy modda kamroq miqdordagi jarimalar bilan qoʻllaniladi (MJTKning 198-moddasiga qarang).

Ikkinchidan, biznes-ombudsman fuqarolik, iqtisodiy va maʼmuriy sudlarga tadbirkorlik subʼyektlarining manfaatlarini koʻzlagan holda taqdim etilgan daʼvolar, arizalar va shikoyatlar boʻyicha davlat bojlaridan ozod etildi.

Bundan tashqari, fuqarolik, iqtisodiy va maʼmuriy sud ishlari doirasida biznes-ombudsmanning protsessual huquqlari kengaytirildi. U kassatsiya tartibida birinchi instansiya sudining qarori, shuningdek sud hujjatlari ustidan – nazorat tartibida shikoyat qilishga haqlidir. Tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan nizolar, shuningdek tadbirkorlik subʼyektlari oʻrtasida yuzaga keladigan iqtisodiy nizolar bundan mustasno (yaʼni biznes-ombudsman bitta biznes tuzilmasi boshqasi bilan nizolashayotganda ulardan birining tarafini olishi mumkin emas, tahr. izohi).

Uchinchidan, biznes-ombudsman oʻrinbosarlari soni ikkitagacha oshirildi. Eslatib oʻtamiz, ular Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi, maqomi, mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport taʼminoti shart-sharoitlari boʻyicha Prezident Administratsiyasining shuʼba mudiriga tenglashtirilgan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ