| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi549 marta oʻqildi

Energetika vazirligida «Worley» xalqaro injiniring kompaniyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligida «Worley» (AQSh) kompaniyasi vakillari bilan yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish sohasida hamkorlikni rivojlantirish borasida muzokara oʻtkazildi.

Energetika vazirligida «Worley» xalqaro injiniring kompaniyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligida «Worley» (AQSh) kompaniyasi vakillari bilan yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish sohasida hamkorlikni rivojlantirish borasida muzokara oʻtkazildi.

Kompaniya delegatsiyasi tarkibidan energetika va kimyo tarmoqlari prezidenti Vinayak Pay hamda atom energetikasi prezidenti Aleksandr Superfin joy olgan boʻlib, ular tomonidan «Worley» tizimidagi soʻnggi moliyaviy va tashkiliy oʻzgarishlar taqdim etilib, bulardan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston bilan hamkorlikning yangi qirralari xususida takliflar bildirildi.

Mamlakat yoqilgʻi-energetika majmui (YoEM) neft-gaz sohasida «Worley» kompaniyasi bilan koʻp yillardan buyon muvaffaqiyatli hamkorlik qilib kelmoqda va bunga «Worley Parsons Uzbekistan Engineering» QK MChJni misol sifatida keltirish mumkin.

Kompaniya vakillariga YoEMda, shu jumladan, elektr energetikasi va neft-gaz sohasida oʻtkazilayotgan keng koʻlamli islohotlar xususida maʼlumotlar berildi. Tomonlar oʻrtasidagi muloqotda etom energetikasi sohasida hamkorlik oʻrnatish istiqbollari ham muhokama etildi va ayni paytda qoʻshma korxona shaklidagi Oʻzbekiston Atom injiniring markazini tashkil etish boʻyicha muzokaralar yakunlanayotgani maʼlum qilindi.

Tomonlar muloqot yakuni boʻyicha yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlarning istiqbolli yoʻnalishlarini belgilab olish maqsadida neft-gaz, elektr energiyasi va kimyo sanoati mutaxassislarini jalb etgan holda treninglar oʻtkazishga kelishib oldi.

Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Matbuot xizmati

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ