| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi1 784 marta oʻqildi

“Oʻzikkilamchiranglimetall” Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari bozoriga chiqmoqchi

Yaqin vaqtda “Oʻzikkilamchiranglimetall” oʻz mahsuloti bilan Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari bozoriga chiqmoqchi. Bu esa yer shari aholisining qariyb yarmini tashkil etadi.

“Oʻzikkilamchiranglimetall” Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari bozoriga chiqmoqchi

Yaqin vaqtda “Oʻzikkilamchiranglimetall” oʻz mahsuloti bilan Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari bozoriga chiqmoqchi. Bu esa yer shari aholisining qariyb yarmini tashkil etadi.

Zavod vakillari Xitoy, Hindiston, Malayziya, Indoneziya va Singapurdagi hamkorlar bilan muzokaralar olib borishmoqda. Bundan tashqari, joriy oyda Tailand delegatsiyasi Toshkentga tashrif buyurgan. Bu haqida korxona matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Xususan, Tailandning Win Global Metal Co kompaniyasi “Oʻzikkilamchiranglimetall”dan alyuminiy xarid qilishni rejalashtirgan. Dastlabki kelishuvlarga koʻra, birinchi bitim yil yakuniga qadar amalga oshishi mumkin.

Taʼkidlash lozimki, zavod mahsulotlari asosan Boltiqboʻyi davlatlari, Angliya, Turkiya, MDH davlatlari hamda Gonkongga eksport qilinmoqda. Joriy yilda “Oʻzikkilamchiranglimetall” ilk bor oʻz mahsulotini Afgʻoniston, Pokiston hamda qoʻshni Tojikistonga yetkazib berdi. Shu bilan birga zavodning strategik hamkorlari sifatida Turkiya, AQSh, Germaniya, Kanada, Hindiston, Yaponiya, Buyuk Britaniya hamda Shveysarining yirik metallurgiya korxonalarini koʻrsatish mumkin.

Korxona vakillarining maʼlum qilishicha: “Joriy yilning 9 oyi davomida “Oʻzikkilamchiranglimetall”ning eksporti 15 million dollardan oshdi. Bunda asosan alyuminiy, mis, jez, qoʻrgʻoshinning ikkilamchi qotishmalari yetkazib berilmoqda.

Shuningdek, zavod tomonidan respublikada qayta ishlanmaydigan nikel, titan va magniy chiqindilari va parchalari eksportga yuborilmoqda. Ular MDH va Yevropa davlatlariga yetkaziladi”.

Taʼkidlash lozimki, “Oʻzikkilamchiranglimetall” Markaziy Osiyoda yagona sanalgan rangli metall chiqindilari va parchalarini tayyorlash va kayta ishlash, shuningdek rangli metall qotishmalari va xalq isteʼmol mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona hisoblanadi.

Bugungi kunda “Oʻzikkilamchiranglimetall” –zamonaviy korxona boʻlib, respublika boʻylab tayyorlov tashkilotlari tarmogʻiga ega va mahalliy iqtisodiyot tarmoqlarini sifatli rangli metall bilan taʼminlab kelmoqda.

Joriy yilning sentyabr oyida “Oʻzikkilamchiranglimetall”ning ustavi kapitalidagi davlat ulushi xorijning SFI Management Group korxonasiga ishonchli boshqaruv asosida topshirilgan. Bundan korxona boshqaruvi tizimining samaradorligini oshirish maqsadi koʻzlangan edi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ