2023 yilgacha eng kamida 20 ta davlat kompaniyasi xususiylashtiriladi
Oʻzbekiston 2023 yilgacha kamida 20 ta yirik davlat kompaniyasini xususiylashtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 15 noyabr kuni «Kapital bozorining Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishdagi oʻrni» mavzusidagi xalqaro konferensiyada Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori Otabek Nazirov maʼlum qildi.

Oʻzbekiston 2023 yilgacha kamida 20 ta yirik davlat kompaniyasini xususiylashtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 15 noyabr kuni «Kapital bozorining Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishdagi oʻrni» mavzusidagi xalqaro konferensiyada Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori Otabek Nazirov maʼlum qildi.
Kapital bozori agentligi direktorining soʻzlariga koʻra, hozirgi paytda davlat kompaniyalarining eng yirik xususiylashtirish dasturi tayyorlanmoqda.
«Sarmoyalar bozorining rivojlanishiga turtki berish uchun biz Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda aktivlarni imkon qadar tezroq xususiylashtirishni rejalashtirmoqdamiz. Birinchi bosqichda kamida 20 ta eng yirik davlat kompaniyalari xususiylashtiriladi», — dedi u.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Sunnatulla Bekenov davlat kompaniyalarining birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) savdolarini oʻtkazish amaliyotini kengaytirish orqali kapital bozorini qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini maʼlum qildi.
Uning soʻzlarga koʻra, davlat korxonalarini boshqarish va xususiylashtirish strategiyasi qabul qilinadi, unda korxonalarning davlatga egalik huquqini saqlab qolish hamda ularni ichki va tashqi bozorda raqobatlasha oladigan samarali korxonalarga aylantirish mezonlari koʻzda tutilgan.
2023 yilga kelib dividendlardan davlat byudjetiga tushadigan daromadlarni ikki baravar oshirish, kamida 20 ta davlat kompaniyalari IPO va SPO oʻtkazish, davlat korxonalari sonini 50% ga qisqartirish va kamida 50 ta davlat kompaniyalarining obligatsiyalarini chiqarish rejalashtirilgan.
10 ta yirik davlat korxonalarining IPO hisob-kitoblariga koʻra, bozorda kapitallashuvi 13 milliard dollarga teng yangi kompaniyalar paydo boʻladi va erkin muomaladagi aksiyalar soni 1,3 milliard dollarga koʻpayadi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

