“Oʻzsanoatqurilishbank” yevrobond chiqarishga tayyorgarlik koʻrmoqda
“Oʻzsanoatqurilishbank” dollardagi yevrobond chiqarish uchun road show oʻtkazmoqda. Bu haqda Cbonds.ru nashriga tayanib, spot.uz xabar bermoqda.

“Oʻzsanoatqurilishbank” dollardagi yevrobond chiqarish uchun road show oʻtkazmoqda. Bu haqda Cbonds.ru nashriga tayanib, spot.uz xabar bermoqda.
Bondlar 5 yilga moʻljallab chiqarilmoqda. Potensial investorlar bilan uchrashuvlar 18 – 20 noyabr kunlari Syurix, Frankfurt va Londonda oʻtkazilishi rejalashtirilgan. SQBning bondlarini Qoʻshma shtatlarning Citi, JPMorgan hamda Germaniyaning Commerzbank va Rayffayzenbanklari London birjasiga joylashtiradi.
Mutaxassis ushbu jarayonga quyidagicha munosabat bildirdi: “Oʻzbekiston 5 yillik Yevrobondlarni nisbatan juda baland 4,75% dan joylashtirgan. Chunki bizga berilgan suveren reyting bilan bondlarimiz "junk" (spekulyativ) toifasini olgan. Banklarimiz yevrobondlarini bundan xam yuqori stavkada joylashtirishga toʻgʻri keladi”.
Bundan tashqari, daromadliligi 5,375% boʻlgan 10 yillik evrobondlarimiz ham hozir 110 dollardan sotilmoqda, ularning daromadliligi esa 4%gacha tushib ketgan.
Shuningdek, Oʻzbekistonning neft-gaz davlat konserni “Oʻzbekneftegaz” ham kelgusi yilda qiymati 1 mlrd. dollar boʻlgan yevrobond chiqarishini maʼlum qilgan edi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

