Toshkent metallurgiya zavodi 2020 yilning may oyida ishga tushadi
Toshkent viloyati Zangiota tumanida jadallik bilan barpo etilayotgan Oʻzbekistonning eng zamonaviy sanoat korxonalaridan biri boʻlgan Toshkent metallurgiya zavodining rivojlanishi uchun yangi imkoniyatlar yuzaga kelmoqda.

Toshkent viloyati Zangiota tumanida jadallik bilan barpo etilayotgan Oʻzbekistonning eng zamonaviy sanoat korxonalaridan biri boʻlgan Toshkent metallurgiya zavodining rivojlanishi uchun yangi imkoniyatlar yuzaga kelmoqda. Bu haqida zavod matbuot xizmati maʼlumot bermoqda.
Mazkur oʻzgarish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 noyabrdagi tegishli qarorida nazarda tutilgan.
Bugungi kunda davlatimizda import oʻrnini bosish va mahsulot lokalizatsiyasi boʻyicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Bunday rejalarning salmoqli qismi Toshkent metallurgiya zavodi zimmasiga yuklatilgan. Zero, zavod qurilish industriyasi, mashinasozlik va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari uchun sovuq prokatli korroziyaga qarshi himoyalangan qoplamalarni ishlab chiqaruvchi ilk korxonaga aylanib, mazkur masala strategik ahamiyatga ega boʻladi.
Zavodning ishga tushishi natijasida respublikaning metallurgiya mahsulotiga boʻlgan import tobeligi darajasi pasayib, sanoat imkoniyatlari sezilarli darajada oshadi. Oʻzbekiston iqtisodiyotining sanoatlashuvini inobatga olgan holda, oshib borayotgan bozor ehtiyojlarini qondirish uchun kelajakda 750 ming tonnaga yetkazish istiqboli bilan texnologik yechimlarni oʻzgartirishga qaror qilingan.
Natijada korxona tomonidan sovuq prokatli metallning birinchi ruloni 2020 yilning may oyida ishlab chiqariladi. 2023 yilda esa zavodni toʻliq quvvat bilan ishga tushirish rejalashtirilgan.
Eslatib oʻtish joizki, TMZ uchun jihozlar metallurgiya asbob-uskularini ishlab chiqarish sohasida dunyoda yetakchi boʻlgan Danieli konserni tomonidan yetkazib beriladi. Yetkazib beruvchini tanlashda nafaqat jihozlar qiymati, balki konsern tomonidan tasdiqlangan zamonaviy texnologik va texnik yechimlar, ishlab chiqarish xarajatlarining pastligi va albatta tayyor mahsulot sifati inobatga olingan.
Zavod qurilishida metallurgiya tarmogʻida dunyoning yetakchi loyiha-qurilish tashkilotlaridan biri boʻlgan “MetProm” kompaniyalar guruhi bosh pudratchi hisoblanadi. Kompaniya tomonidan Toshkentda obʼyektni loyihalashtirish, uni qurish, ishga tushirish va xodimlarini oʻqitish amalga oshiriladi.
Toshkent viloyati Zangiota tumanida jadallik bilan barpo etilayotgan Oʻzbekistonning eng zamonaviy sanoat korxonalaridan biri boʻlgan Toshkent metallurgiya zavodining rivojlanishi uchun yangi imkoniyatlar yuzaga kelmoqda. Bu haqida zavod matbuot xizmati maʼlumot bermoqda.
Mazkur oʻzgarish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 noyabrdagi tegishli qarorida nazarda tutilgan.
Bugungi kunda davlatimizda import oʻrnini bosish va mahsulot lokalizatsiyasi boʻyicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Bunday rejalarning salmoqli qismi Toshkent metallurgiya zavodi zimmasiga yuklatilgan. Zero, zavod qurilish industriyasi, mashinasozlik va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari uchun sovuq prokatli korroziyaga qarshi himoyalangan qoplamalarni ishlab chiqaruvchi ilk korxonaga aylanib, mazkur masala strategik ahamiyatga ega boʻladi.
Zavodning ishga tushishi natijasida respublikaning metallurgiya mahsulotiga boʻlgan import tobeligi darajasi pasayib, sanoat imkoniyatlari sezilarli darajada oshadi. Oʻzbekiston iqtisodiyotining sanoatlashuvini inobatga olgan holda, oshib borayotgan bozor ehtiyojlarini qondirish uchun kelajakda 750 ming tonnaga yetkazish istiqboli bilan texnologik yechimlarni oʻzgartirishga qaror qilingan.
Natijada korxona tomonidan sovuq prokatli metallning birinchi ruloni 2020 yilning may oyida ishlab chiqariladi. 2023 yilda esa zavodni toʻliq quvvat bilan ishga tushirish rejalashtirilgan.
Eslatib oʻtish joizki, TMZ uchun jihozlar metallurgiya asbob-uskularini ishlab chiqarish sohasida dunyoda yetakchi boʻlgan Danieli konserni tomonidan yetkazib beriladi. Yetkazib beruvchini tanlashda nafaqat jihozlar qiymati, balki konsern tomonidan tasdiqlangan zamonaviy texnologik va texnik yechimlar, ishlab chiqarish xarajatlarining pastligi va albatta tayyor mahsulot sifati inobatga olingan. Zavod qurilishida metallurgiya tarmogʻida dunyoning yetakchi loyiha-qurilish tashkilotlaridan biri boʻlgan “MetProm” kompaniyalar guruhi bosh pudratchi hisoblanadi. Kompaniya tomonidan Toshkentda obʼyektni loyihalashtirish, uni qurish, ishga tushirish va xodimlarini oʻqitish amalga oshiriladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

