| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi1 910 marta oʻqildi

ITIMda yangi tahrirdagi soliq kodeksi loyihasi muhokama qilinadi

Joriy yilning 19 noyabr kuni soat 11:00 da Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazida (ITIM) yangi tahrirdagi soliq kodeksi loyihasi muhokama qilinadi.

ITIMda yangi tahrirdagi soliq kodeksi loyihasi muhokama qilinadi

Joriy yilning 19 noyabr kuni soat 11:00 da Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazida (ITIM) yangi tahrirdagi soliq kodeksi loyihasi muhokama qilinadi.

Davra suhbatida ITIM rahbarlari, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq qoʻmitasi, Oliy Majlis deputatlari va auditorlar, soliqchilar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida yangi tahrirdagi soliq kodeksi loyihasi muhokama qilinadi.

Davra suhbati ishtirokchilari yangi tahrirdagi soliq kodeksining ayrim muammoli masalalari boʻyicha oʻz takliflari bilan oʻrtoqlashishlari kutilmoqda.

Xususan, tadbirda quyidagi masalalar koʻrib chiqiladi:

  • Soliq siyosati maqsadlarini baholash tamoyillari;

  • Qonunchilikdagi QQS ning oʻzgarishlari;

  • Yagona bojxona toʻlovini joriy etish.

Taqdim etilgan loyihada Oʻzbekiston Respublikasi soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasiga muvofiq soliq qonunchiligini qoʻllash imkon qadar soddalashtirilgan.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilari yangi tahrirdagi soliq kodeksi loyihasining ayrim muammoli masalalari boʻyicha oʻz takliflar bilan oʻrtoqlashadilar.

Tadbir davomida 2019 yilgi soliq qonunchiligidagi oʻzgarishlarni muhokama qilinib, amaliy misollar yordamida atroflicha javoblar beriladi.

Barcha manfaatdor vazirlik va idoralar hamda ommaviy axborot vositalari vakillarini ushbu muhokamada ishtirok etishga taklif etamiz.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzurida
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati

tel: (78) 150 02 02

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ