| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi2 330 marta oʻqildi

Kimning biznes tashabbusi davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi

Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi hisobidan loyihalari boʻyicha moliyaviy yordam koʻrsatiladigan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami toifalarining roʻyxati tasdiqlandi (roʻyxat raqami 3192, 4.11.2019 yil).

Kimning biznes tashabbusi davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi

Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi hisobidan loyihalari boʻyicha moliyaviy yordam koʻrsatiladigan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami toifalarining roʻyxati tasdiqlandi (roʻyxat raqami 3192, 4.11.2019 yil).

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 13.08.2019 yildagi PF-5780-son Farmoni bilan Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tashkil etildi, uning vazifalaridan biri aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining biznes loyihalarini amalga oshirishda ularni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash hisoblanadi. Moliyaviy yordam kafilliklar va kafolatlar, tijorat banklari kreditlari boʻyicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya berish shaklida koʻrsatiladi.

Qabul qilingan hujjat bilan aholining moliyaviy yordam koʻrsatiladigan toifalari roʻyxati tasdiqlandi. Unda 8 ta pozitsiya mavjud:

  • nogironlar va pensiyaoldi yoshidagi shaxslar (erkaklar uchun 58 yoshdan 60 yoshga toʻlishgacha va ayollar uchun – 53 yoshdan 55 yoshga toʻlishgacha pensiyaga chiqishdan oldingi yosh);

  • 14 yoshga toʻlmagan bolalari va nogiron bolalari bor yolgʻiz ota, yolgʻiz onalar, shuningdek koʻp bolali ota-onalar;

  • umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan yoshlar, shuningdek oliy taʼlim muassasalarining davlat grantlari boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilari;

  • odam savdosi qurboni boʻlgan shaxslar;

  • kam taʼminlangan oilaning mehnatga layoqatli oila aʼzolari;

  • jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sudning qaroriga koʻra tibbiy tusdagi majburlov choralari qoʻllanilishidan ozod qilingan shaxslar;

  • mehnat organlari tomonidan ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxslar;

  • mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslar.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ