| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi483 marta oʻqildi

Bank qarz oluvchining sugʻurta kompaniyasini tanlash huquqini cheklamaydi

Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritish haqidagi qaror Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Bank qarz oluvchining sugʻurta kompaniyasini tanlash huquqini cheklamaydi

Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritish haqidagi qaror Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami 3030-3, 22.11.2019 y.).

Kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, endilikda, bank qarz oluvchining va (yoki) garovga qoʻyuvchining sugʻurta kompaniyasi va (yoki) baholovchini tanlash huquqini cheklamaydi.

Shuningdek, bank qarz oluvchi tomonidan kredit (qarz) boʻyicha qarzdorlik summasini toʻlash majburiyati toʻliq bajarilgan sanadan boshlab uch ish kunidan kechiktirmagan holda mazkur qarz boʻyicha:

  • garovda turgan mulkni taqiqdan chiqarish;

  • garov sifatida boʻlgan mol-mulkka nisbatan bankning huquqlari toʻgʻrisidagi yozuvni garov reyestridan chiqarish choralarini koʻrishi shartligi belgilandi.

Hujjat haqidagi toʻliq maʼlumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ