"Mozori-Sharif - Toshkent" yoʻnalishida muntazam avia qatnovlar yoʻlga qoʻyiladi
Joriy yilning 18 noyabr kuni Mozori-Sharif shahrida (Afgʻoniston) Oʻzbekiston Respublikasi va Afgʻoniston Islom Respublikasi aviatsiya maʼmuriyati oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtdi.

Joriy yilning 18 noyabr kuni Mozori-Sharif shahrida (Afgʻoniston) Oʻzbekiston Respublikasi va Afgʻoniston Islom Respublikasi aviatsiya maʼmuriyati oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi delegatsiyasini Afgʻoniston fuqaro aviatsiyasi boshqarmasining huquq va xalqaro shartnomalar departamenti direktori janob Xalilulloh Abaviy qabul qildi.
Muzokaralar davomida aviatsiya qatnovlari sohasidagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati hamda kelgusida oʻzaro manfaatli hamkorlik istiqbollari haqida soʻz bordi.
Kun tartibidagi masalalar boʻyicha konstruktiv fikr almashildi, shuningdek, Afgʻoniston va Oʻzbekiston oʻrtasida parvozlarni koʻpaytirish hamda tayinlangan aviakompaniyalarning parvozlari geografiyasini kengaytirish masalalari muhokama etildi.
Muzokaralar yakuni boʻyicha Mozori-Sharif shahridan Toshkentga parvozlarni boshlash uchun huquqiy asos hisoblangan tegishli kelishuvlarga erishildi.
Afgʻon tomoni “Kam Eyr” aviakompaniyasi tegishli tashkiliy-texnik tartibotlar yakuniga yetgandan soʻng Mozori-Sharif shahridan Toshkentga muntazam reyslarni amalga oshirish uchun tayyorligini bildirdi (taxminan joriy yilning dekabr oyida).
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

