| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi1 726 marta oʻqildi

Ozarbayjon kompaniyalari bilan yangi qoʻshma korxona tashkil etishning dastlabki qadamlari belgilab olindi

Joriy yilning 20 noyabr kuni "Oʻzbekneftgaz" AJda «Socar», «Socar Trading» va «Chemtrade LLC» kompaniyalari vakillaridan iborat Ozarbayjon delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv joriy yilning oktyabr oyida "Oʻzbekneftgaz" AJ Boshqaruv raisining Bokuga tashrifi chogʻida tomonlar oʻrtasida erishilgan kelishuvlarga muvofiq tashkil etildi.

Uchrashuvda savdo operatsiyalarini amalga oshirish boʻyicha qoʻshma korxona tashkil etishda hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari muhokama qilindi.

Yigʻilish yakunida yangi qoʻshma korxona tashkil etishning dastlabki qadamlari belgilab olindi.

Taʼkidlash joiz, ushbu yangi qoʻshma korxona "Oʻzbekneftgaz" AJ uchun yangi yoʻnalish boʻladi. Yevropaning, shuningdek, Oʻzbekiston bilan toʻgʻridan-toʻgʻri transport yoʻlaklari boʻlmagan boshqa mamalakatlarning eksport bozorlarini oʻzlashtirishga imkon beradi.

"Oʻzbekneftgaz" AJ matbuot xizmati

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ