| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi494 marta oʻqildi

Yunusabad Business City qurilishida Janubiy Koreya kompaniyalari ishtirok etadi

Toshkent shahar hokimligida Koreyaning IGIS Asset Management, KIND (Korea Overseas Infrastructure and Urban Development Corporation) va Wooju Construction Co. LTD. kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Yunusabad Business City qurilishida Janubiy Koreya kompaniyalari ishtirok etadi

Toshkent shahar hokimligida Koreyaning IGIS Asset Management, KIND (Korea Overseas Infrastructure and Urban Development Corporation) va Wooju Construction Co. LTD. kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Poytaxt hokimligi xabariga koʻra, uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi va Yunusabad Business City qurilishida ushbu kompaniyalarning ishtirok etishi toʻgʻrisida dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Kelishuvda uchta kompaniyaning konsorsiumini tashkil etish koʻzda tutilgan.

IGIS Asset Management Koreya Respublikasidagi koʻchmas mulk va aktivlarni boshqarish boʻyicha eng yirik kompaniyalardan biri. Bugungi kunda kompaniya Osiyo-Tinch okeani mintaqasi va Yevropada muvaffaqiyatli ishlamoqda. Xususan, IGIS Asset Managementʼning soʻnggi loyihalaridan biri Frankfurtdagi (Germaniya) osmonoʻpar binoning qurilishidir.

KIND (Korea Overseas Infrastructure and Urban Development Corporation) Koreya Respublikasi hukumati tomonidan xorijiy mamlakatlarda qurilish ishlarini yengillashtirish uchun davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan korporatsiyadir. Ushbu korporatsiya shahar infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlaydi.

2001 yilda tashkil topgan Wooju Construction Co. LTD. LTD. infratuzilma qurilishiga ixtisoslashgan. Mazkur kompaniya Taxiatosh IESni qayta qurish va Qandim gazni qayta ishlash majmuasi qurilishi loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etgan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ