GMning Tailanddagi zavodi Oʻzbekistonga Chevrolet Trailblazer avtomobillarini yubordi
GM Thailand kompaniyasi Oʻzbekistonga Chevrolet Trailblaze avtomobillarini birinchi partiyasini yubordi. Ushbu “yoʻltanlamas”lar yaqin oylarda sotuvga chiqarilishi rejalashtirilmoqda.

GM Thailand kompaniyasi Oʻzbekistonga Chevrolet Trailblaze avtomobillarini birinchi partiyasini yubordi. Ushbu “yoʻltanlamas”lar yaqin oylarda sotuvga chiqarilishi rejalashtirilmoqda.
“Biz, Trailblazer avtomobillari Oʻzbekiston kabi yoʻl sharoitlari kuchli va ishonchli, shu bilan bir qatorda ishonchli mashinalarni talab qiladigan bozorda muvaffaqiyatga erishadi deb oʻylaymiz. Bundan tashqari, ushbu avtomobillar, GMning Oʻzbekiston bozoridagi hukmronlik pozitsiyasini mustahkamlashga xizmat qiladi,” - deydi GMning Janubiy Sharqiy Osiyo mamlakatlari boʻyicha prezidenti Gektor Vilyarreal.
Uning soʻzlariga koʻra, 2018 yilda GMning “Oʻrnatilgan sifat darajasi 4” sertifikatini olgan GM Thailand kompaniyasidan oʻzbekistonliklar jahon standartlaridagi avtomobillarni olishadi.
Oʻzbekistonga har yili 1000 dona Chevrolet Trailblaze avtomobillari yetkazib berilishi kutilmoqda. Ushbu avtomobilning Janubiy-Sharqiy Osiyo bozorlaridagi narxi, komplektlar bilan taʼminlanganiga qarab 32 ming AQSh dollaridan boshlanadi.
Hozircha Oʻzbekistonda qanday narxda sotilishi nomaʼlum.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

