«Biznes yuritish» hisobotida Oʻzbekiston pozitsiyasini yaxshilash boʻyicha«yoʻl xaritasi» qabul qilindi
Har yilgi «Biznes yuritish» hisobotida Oʻzbekiston pozitsiyasini yaxshilash boʻyicha navbatdagi «yoʻl xaritasi» qabul qilindi. Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston joriy reytingda 69-oʻrinni egallaydi, eng yaxshi islohotchi mamlakatlar qatorida «top-20»ga kirgan.

Har yilgi «Biznes yuritish» hisobotida Oʻzbekiston pozitsiyasini yaxshilash boʻyicha navbatdagi «yoʻl xaritasi» qabul qilindi. Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston joriy reytingda 69-oʻrinni egallaydi, eng yaxshi islohotchi mamlakatlar qatorida «top-20»ga kirgan.
Shunga qaramay, amaldorlar va mahalliy hokimiyatlar xususiy mulkchilikni himoya qilishi lozimligi yana bir bor taʼkidlandi. Masalan, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalarini, shu jumladan obʼyektlarning qiymatini baholash natijalarini qayta koʻrib chiqishga boʻlgan taqiqni olaylik. Bunday masalalarni ilgari surish – xususiy mulk daxlsizligining buzilishi hisoblanadi, bu ishlar koʻrib chiqishga qabul qilinmaydi, mazkur taqiqni buzgan mansabdor shaxslar javobgarlikka, hatto jinoiy javobgarlikka ham tortiladi.
Mamlakatda biznes yuritish muhitini rivojlantirish, yaxshilash va liberallashtirishga oid bir nechta tadbirlar nazarda tutilgan.
Birinchidan, 2020 yil 1 yanvardan quyidagilar toʻxtatiladi:
tadbirkorlik subʼyektlari – yuridik shaxslar oʻrtasidagi koʻchmas mulk oldi-sotdi shartnomalarini taraflardan birining talabi boʻyicha notarial tasdiqlanganda kommunal xizmatlar boʻyicha qarzdorliklarni tekshirib olish;
soliq organlariga soliq toʻlovchilar tomonidan koʻchmas mulkka boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng arizani hamda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlar tomonidan tegishli hududda joylashgan yer uchastkasi va boshqa koʻchmas mulk, uning mulkdorlari toʻgʻrisidagi maʼlumotni qogʻoz koʻrinishda taqdim etish;
meva-sabzavot va toʻqimachilik mahsulotlari va buyumlarini eksport qilish (paxtadan tashqari) uchun zarur ruxsatnoma va sertifikatlarni rasmiylashtirishda tadbirkorlik subʼyektlaridan toʻlov undirish.
Ikkinchidan, 2020 yil 1 fevraldan:
eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda talab etiladigan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va sertifikatlar «Yagona darcha» bojxona axborot tizimi orqali rasmiylashtiriladi, vakolatli organlarning avtomatlashtirilgan axborot tizimlari ushbu tizimga integratsiya qilinadi;
sanitariya-epidemiologiya va veterinariya, fitosanitariya va ekologik nazorat oʻtkazish uchun undiriladigan toʻlovlar miqdori vakolatli organning mazkur hujjatni berish uchun qilgan xarajatlari doirasida Moliya vazirligi tomonidan kelishilgan holda belgilanadi;
yuridik shaxslar tomonidan daʼvo arizasi va uning ilovalarini javobgar hamda iqtisodiy sudga soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali elektron tarzda yuborish mumkin.
Uchinchidan, 2020 yil 1 oktyabrdan boshlab quvvati 140 kVt gacha boʻlgan elektr uskunalarini elektr tarmoqlariga tadbirkorlik subʼyektining xohishiga koʻra, davlat xizmatlari markazlariga texnik shartlarni olish uchun murojaat qilish bilan bir vaqtda berilgan soʻrovnomasiga asosan «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ mablagʻlari hisobidan ulanadi. Xarajatlar tadbirkorlik subʼyektlari foydalangan elektr energiyasi qiymatiga qoʻshiladigan ustamalar hisobidan 1 yil davomida undirib olinadi.
Mamlakatda «qurilish uchun ruxsatnomalar berish», «elektr taʼminoti tizimiga ulanish», «koʻchmas mulkni roʻyxatdan oʻtkazish» hamda «kredit berish va toʻlovga qobiliyatsizlikni hal etish» indikatorlari boʻyicha avvalgi past boʻlgan koʻrsatkichlarni koʻtarish uchun soha idoralarida ishchi guruhlar tuzilgan. Boshqa davlat tuzilmalariga ham bir qator vazifalar topshirilgan.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

