| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi573 marta oʻqildi

BAA Oʻzbekistonda quyosh elektr stansiyasi quradigan boʻldi

Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Masdar kompaniyasi (BAA) oʻrtasida investitsiya bitimini imzolanishi boʻlib oʻtdi.

BAA Oʻzbekistonda quyosh elektr stansiyasi quradigan boʻldi

Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Masdar kompaniyasi (BAA) oʻrtasida investitsiya bitimini imzolanishi boʻlib oʻtdi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmatiga koʻra, Masdar kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Navoiy viloyatida umumiy quvvati 100 MVt boʻlgan fotoelektr stansiyasini qurishga 100 million dollargacha sarmoya kiritadi.

2019 yil 4 oktyabr kuni Amirlikning Masdar kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi tarixida quyosh energiyasiga davlat-xususiy sheriklik (DXSh) asosida investitsiyalarini jalb qilish boʻyicha birinchi ochiq tender gʻolibi deb eʼlon qilingan edi.

Masdar quyosh energiyasini rivojlanayotgan bozorlardagi eng past tariflarda – xar bir kilovatt-soat uchun atigi 2,679 AQSh sent hisobiga yetkazib berish taklifini bildirdi.

Kompaniya loyihani amalga oshirishning toʻliq davri (25 yil) mobaynida elektr stansiyasini loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilish ishlarini amalga oshiradi. Qurilish ishlari 2020 yilning birinchi choragida boshlanishi va fotoelektr stansiyasini foydalanishga topshirilishi 2021 yilning birinchi choragida amalga oshirilishi kutilmoqda.

Kelishuv boʻyicha konsultant sifatida Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (XMK) jalb qilinib, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga tegishli hujjatlarni ishlab chiqishda va xorijiy mamlakatlarning 40 dan ortiq kompaniyalari ishtirokida tender savdolarini oʻtkazishda koʻmaklashdi.

Eslatib oʻtish joizki, Oʻzbekiston hukumati 18 oktyabr kuni Vashingtonda XMK bilan davlat-xususiy sheriklik (DXSh) loyihalari orqali 900 MVtgacha quyosh energiyasini ishlab chiqarish boʻyicha tegishli mandatni imzolagan edi.

Maʼlumot uchun: Masdar kompaniyasi - Abu Dabi hukumati "Mubadala Investment Company" investitsiya xoldingining shoʻʼba korxonasi boʻlib, dunyodagi qayta tiklanadigan energiya sohasida yetakchi kompaniyalardan biridir. Kompaniyaning amalga oshirilgan investitsiya loyihalari portfeli qayta tiklanadigan manbalardan elektr energiyasini ishlab chiqarish boʻyicha 4000 MVt.dan ortiq oʻrnatilgan quvvatni oʻz ichiga oladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ