# Ўзбекистон
391 ta material

May oyida narxlarning oʻsishi sekinlashdi
May oyida Oʻzbekistonda inflyasiya darajasi 0,3 foizni tashkil etdi.

Oʻzbekistonda qancha bolalar bor? Statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi
Mamlakatimizda oʻgʻil-qizlarning 4 million 559 ming 212 nafari shaharda, 5 million 311 ming 64 nafari esa qishloq joylarda istiqomat qiladi.

Oʻzbekistonda karantin butunlay toʻxtatilmaganiga qaramay yozni togʻda dam olib yoki sayohatda oʻtkazish mumkin
“Yashil” va “sariq” toifadagi hududlarda ichki turizm qayta yoʻlga qoʻyiladi.

Oʻzbekistonga Janubiy Koreyadan yordam keldi
Janubiy Koreyadan Oʻzbekistonga tibbiyot karavotlarining navbatdagi partiyasi yetib keldi. Navbatdagi charter reys bilan Oʻzbekistonga Koreya tomonidan yana 15 tonnalik yordam yuboriladi.

Oʻzbekistonda yetishtirilgan 20 tonna gilos Koreyaga yetkazildi
Oʻzbek giloslari savdo tarmoqlari orqali Koreyaning supermarket va bozorlarida sotuvga chiqariladi.

Koronavirus pandemiyasi davrida Oʻzbekistonda ishsizlik darajasi nechi foizga yetdi?
Oʻzbekistonda birinchi chorakda ishsizlik 9,4 foizni tashkil qildi. Eng yuqori ishsizlik darajasi Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida.

1 iyundan nimalar oʻzgaradi?
14 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga toʻlgunga qadar bola parvarishi boʻyicha nafaqa va moddiy yordam oluvchilar soni qoʻshimcha 10 foizga oshiriladi.

Karantin cheklovlariga qaramasdan Oʻzbekistonda iqtisodiy oʻsish kutilmoqda
2020 yilda mamlakat ichki yalpi mahsuloti pandemiya boshlanmasdan oldin kutilgan 5,5 foiz oʻrniga 1,8 foizga oʻsishi taxmin qilinmoqda.

Oʻzbekistonga Janubiy Koreya insonparvarlik yordamini yubordi
Yuk tarkibi 2 tonnaga yaqinroq boʻlib, matras va yarim avtomat mexanizmli 20 ta koʻp vazifali tibbiy karavotlardan tashkil topgan.

Facebook Oʻzbekistonga soliq toʻlaydi
Oʻzbekistonga Google aprel oyi oxirida aholiga internet xizmatlarini taqdim etganlik uchun QQS toʻlashni boshlagan edi.

Oʻzbekiston internet tezligi boʻyicha jahon reytingida yuqoriladi
Oʻzbekiston internet tezligi boʻyicha bir yil davomida 37 pogʻona yuqoriladi.

Xalqaro valyuta jamgʻarmasi COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashish uchun Oʻzbekistonga 375 million dollar ajratadi
Ushbu mablagʻlar global inqiroz va koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladi.

Koronavirus pandemiyasi davrida Oʻzbekistonning byudjeti qanday oʻzgardi?
Moliya vazirligi 2020 yil I chorak yakunlari boʻyicha Davlat byudjeti ijrosi toʻgʻrisida axborot tahliliy sharhni taqdim etdi.

Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi pastladi
Markaziy bank 19 maydan xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari telefon orqali suhbatlashdi
Prezidentlar telefon orqali muloqot chogʻida yangi xatarlar va umumiy tahdidlarni yengib oʻtish uchun yaqin hamkorlikni davom ettirish muhim ekanini taʼkidladilar.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan oʻtkazilayotgan Oʻzbekistonning biznes iqlimini baholash boʻyicha soʻrovnoma natijalari
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Oʻzbekistonda biznes iqlimini oʻrganish boʻyicha tadbirkorlar oʻrtasida aprel oyida oʻtkazilgan soʻrovnoma natijalarini eʼlon qilmoqda.

Oʻzbekiston yil boshidan buyon 1,7 mlrd dollarlik mahsulot eksport qildi
2020 yilning yanvar-aprel oylarida esa rasmiylashtirilgan 3 mingta yaqin eksport bojxona deklaratsiyalari asosida 1,7 mlrd. AQSh dollarlik mahsulotlar dunyoning 73 ta davlatiga yetib bormoqda.

Koronavirus pandemiyasi koʻproq qaysi sohaga salbiy taʼsir koʻrsatadi?
Pandemiya sharoitida bir qator mamlakatlar toʻgʻrida-toʻgʻri kichik korxonalarga yoʻnaltirilgan ish vaqtini qisqartirish, vaqtincha ishdan boʻshatish va kasallik taʼtiliga chiqarish kabi chora-tadbirlar joriy etmoqda. Oʻzbekiston pandemiya sharoitida qanday chora-tadbirlarni amalga oshirishni koʻzda tutgan?

Endilikda Oʻzbekiston uchun karantin cheklovlari yengillashadi
Ish haqi, nafaqa va pensiyalar karantin qoidalariga toʻliq amal qilgan holda, naqd pulda tarqatiladi.

Oʻzbekistonda Covid-19 yuqtirib olgan yana bir bemor vafot etdi
Oʻzbekistonda koronavirus qurbonlari soni 11 nafarga yetdi. 13 may kuni bemor toyloqlik bemor oʻtkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.

EOII: hamkorlik sari qadam
YeOIIga kuzatuvchi sifatidagi ishtirokimiz mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarga qanday taʼsir koʻrsatadi? Bu kabi savollar koʻpchilikni oʻylantirishi tabiiy. Aytib oʻtish mumkinki, kuzatuvchi maqomidagi ishtirokimiz qaror qabul qilish jarayonida bevosita ishtirok etmasakda, bizga YeOIIning hamma ishchi organlarida bemalol fikr bildirish huquqini beradi, deydi iqtisod fanlari doktori, professor Nodir Jumayev.

Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2568 nafarga yetdi
2020 yil 13 may soat 10:00 holatiga koʻra yana 21 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Yangidan kasallanish holatlarining 15 nafari xorijdan kelib, karantinga olinganlar ichida tasdiqlangan.

Oʻzbekistondagi 6 ta bank xususiylashtiriladi
Oʻzbekistondagi 6 ta davlat banki ulushlari bosqichma-bosqich xususiylashtiriladi.

Hindiston va Oʻzbekiston COVID-19 pandemiyasiga qarshi hamkorlik qilmoqda
Hindiston tomoni Oʻzbekistonga COVID-19ga qarshi kurashishda hamkorlikni faollashtirishga tayyor ekanini bildirgan. Hamkorlik doirasida Hindistonning Oʻzbekistondagi elchisi Santosh Ja ushbu mamlakatdan olib kelingan dori-darmonlarni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi vakillariga topshirdi.

Oʻzbekistonning YeOII bilan hamkorlik masalasi: Tarafdorlar va qarshilar nima deydi?
Senatorlar Oʻzbekiston Respublikasining YeOIIda “kuzatuvchi davlat” maqomida ishtirok etish taklifini maʼqullashdi. YeOII doirasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish tarafdorlarining fikricha, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini YeOIIga aʼzo davlatlarga bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirmasdan eksport qilish imkoniyati yaratiladi. Qarshi ovoz bergan senatorlar iqtisodiyotimizning qator tarmoqlarida ishlab chiqarish surʼatlarining pasayishi mumkinligini bildirdi.
