| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi63 marta oʻqildi

Oʻzbekistonda qancha bolalar bor? Statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi

Mamlakatimizda oʻgʻil-qizlarning 4 million 559 ming 212 nafari shaharda, 5 million 311 ming 64 nafari esa qishloq joylarda istiqomat qiladi.

Oʻzbekistonda qancha bolalar bor? Statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi

1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni. Ushbu kun butun dunyo bolalari uchun eng begʻubor va quvonchli bayram hisoblanadi. Albatta, bola hayot mazmunining ajralmas qismidir. Bolalar oʻz tabassumlari orqali insonlar qalbida hayotga, yashashga boʻlgan qiziqishni uygʻotadi.

Davlat Statistika qoʻmitasi Oʻzbekistonda bolalar soni haqida maʼlumot berdi.

2020 yil 1 yanvar holati boʻyicha yurtimizda 0–14 yoshdagi jami bolalar soni 9 million 870 ming 276 nafarni tashkil etgan. Shundan, 5 million 112 ming 470 nafari oʻgʻil bolalar boʻlsa, 4 million 757 ming 806 nafari qiz bolalardir.

Respublikamizda 0–14 yoshdagi oʻgʻil-qizlarning 4 million 559 ming 212 nafari shaharda, 5 million 311 ming 64 nafari esa qishloq joylarda istiqomat qiladi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi jamoasi barcha bolajonlarni bugungi bayram bilan samimiy muborakbod etadi. Ertangi kun egalari boʻlgan oʻgʻil-qizlarimiz doimo sogʻ-salomat boʻling!

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ