| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi

May oyida narxlarning oʻsishi sekinlashdi

May oyida Oʻzbekistonda inflyasiya darajasi 0,3 foizni tashkil etdi.

May oyida narxlarning oʻsishi sekinlashdi

2020 yilning may oyida isteʼmol narxlari va tariflarining oy davomidagi oʻrtacha oʻsish surʼati 0,3 foizni tashkil etdi.

Meva va sabzavot narxlarining oʻzgarishini hisobga olmaganda, ushbu koʻrsatkich darajasi 1,0 foizni tashkil etgan. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi maʼlum qildi.

Oʻzbekistonda aprel oyida inflyasiya 1,7 foizni tashkil qildi

2020 yilning yanvar-may oylari davomida isteʼmol bozoridagi narxlar va tariflar oʻrtacha 4,8 foizga koʻtarildi.

Yillik davrda esa (2019 yilning mayiga nisbatan) tovarlar va xizmatlar narxlarining oʻrtacha oʻsish surʼati 14,0 foizni tashkil etdi.

Oʻrtacha oylik INI oʻsishini hisoblash natijalariga koʻra, 2020 yilning yanvar-may oylarida ushbu koʻrsatkich 0,9 foizni, 2019 yilning shu davrida esa 1,2 foizni tashkil etgan.

Bozorlarning yangi meva-sabzavot mahsulotlari hosili bilan toʻyinganligi sababli, ushbu tovarlar guruhi umumiy narxlarining pasayishiga olib kelib, natijada joriy yilning may oyida oziq-ovqat mahsulotlarining isteʼmol narxlari indeksi (INI) 99,8 foizni tashkil etdi.

Oy davomida nooziq-ovqat mahsulotlar narxlari 0,6 foiz, xizmatlar 0,8 foizga oshgan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ