Oʻzbekistondagi 6 ta bank xususiylashtiriladi
Oʻzbekistondagi 6 ta davlat banki ulushlari bosqichma-bosqich xususiylashtiriladi.

“2020–2025 yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi toʻgʻrisida” Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmonga koʻra, xalqaro moliya institutlari koʻmagida “Ipoteka-bank” ATIB, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB, “Asaka” ATB, AT “Aloqabank”, “Qishloq qurilish bank” ATB va “Turonbank” ATBdagi davlat ulushlari bosqichma-bosqich xususiylashtiriladi. Bunda birinchi bosqichda ular institutsional oʻzgartiriladi (faoliyati transformatsiya qilinadi), ikkinchi bosqichda esa davlat aksiyalari paketi sotiladi.
“Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki” AJ, “Agrobank” ATB va “Mikrokreditbank” ATB ustav kapitallarida davlat ulushi saqlab qolinadi.
Ayrim banklarning moliyaviy ahvolini baholash asosida, qayta tashkil etishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligidan kelib chiqqan holda qonun hujjatlariga muvofiq ular konsolidatsiyalanadi.
Farmonga muvofiq, Moliya vazirligi huzurida Davlat ulushiga ega tijorat banklarini transformatsiya qilish va xususiylashtirish boʻyicha loyiha ofisi tashkil etiladi.
Loyiha ofisiga Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi oʻrinbosari rahbarlik qiladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

