| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes2 daqiqada oʻqiladi258 marta oʻqildi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan oʻtkazilayotgan Oʻzbekistonning biznes iqlimini baholash boʻyicha soʻrovnoma natijalari

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Oʻzbekistonda biznes iqlimini oʻrganish boʻyicha tadbirkorlar oʻrtasida aprel oyida oʻtkazilgan soʻrovnoma natijalarini eʼlon qilmoqda.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan oʻtkazilayotgan Oʻzbekistonning biznes iqlimini baholash boʻyicha soʻrovnoma natijalari

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan oʻtkazilayotgan Oʻzbekistonning biznes iqlimini baholash boʻyicha soʻrovnoma yakunlandi. Aprel oyi uchun indeks natijalari.

Joriy yilning 1-8 may kunlari Oʻzbekiston Respublikasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan Oʻzbekistondagi biznes iqlimini baholash maqsadida 451 korxonaning iqtisodiy koʻrsatkichlari soʻrovnoma usuli bilan oʻrganildi.

Oldin xabar berilganidek, soʻrovnomaning maqsadi Oʻzbekistondagi biznes iqlimini baholash. Soʻrovnomada ishtirok etish uchun quyidagi havolaga oʻting:

Maʼlumot uchun: Baholash Germaniyaning IFO instituti tomonidan ishlab chiqilgan “Biznes iqlimi indeksi” metodologiyasi asosida amalga oshirilgan.

Biznes iqlimini baholash uchta koʻrsatkichdan iborat:

  • Biznesning hozirgi holatini baholash. Koʻrsatkichni hisoblash “Yaxshi” va “Yomon” javoblari farqi orqali amalga oshiriladi. Quyidagi qiymat -100 puntkdan (barcha respondentlar biznesning joriy holatini yomon deb baholaydi) 100punktgacha (barcha respondentlar biznesning joriy holatini yaxshi deb baholaydi) oʻzgaradi.

  • Keyingi 2-3 oy ichida biznesning rivojlanish istiqbollari. Koʻrsatkichni hisoblash “Yaxshilanadi” va “Yomonlashadi” javoblari farqi orqali amalga oshiriladi. Quyidagi qiymat -100 puntkdan (respondentlar iqtisodiy ahvoli yomonlashuvi kutiladi) 100punktgacha (respondentlar iqtisodiy ahvoli yaxshilanilishi kutiladi) oʻzgaradi.

  • Biznes iqlimining qiymati yuqorida koʻzda tutilgan 2 ta koʻrsatkichning oʻrtacha balans qiymati asosida hisoblanadi. Quyidagi qiymat -100 puntkdan (barcha respondentlar biznesning hozirgi holatni yomon deb baholaydi va biznes iqlimning yomonlashuvi kutiladi) 100 punktgacha (respondentlar biznesning hozirgi holatini yaxshi deb baholaydi va biznes iqlimning yaxshilanishi kutiladi) oʻzgaradi.

Biznesning joriy holat qiymati va biznesning rivojlanish istiqbollari qiymati orasidagi bogʻliqlik mamlakatdagi keyingi 2-3 oyda iqtisodiy rivojlanish istiqbollarini belgilaydi.

Oʻzbekistondagi biznes iqlimini baholash natijalariga koʻra quyidagilar aniqlandi:

Biznesning joriy holat koʻrsatkichi 26 punktni tashkil etdi. Bu shuni anglatadiki, biznesning joriy holati bilan bogʻliq ishbilarmonlik kayfiyatlari oʻrta darajada ijobiydir.

Respondentlar tomonidan jami 451 ta korxonaning 34 %i - “Yaxshi”, 46 %i - “Qoniqarli” va 19 %i - “Yomon” ahvolda deb baholandi.

Keyingi 2-3 oy ichida biznesning rivojlanish istiqbollari koʻrsatkichi 43 punktni tashkil etdi, yaʼni tadbirkorlarning keyingi 2-3 oyda oʻz bizneslarini rivojlanish istiqbollariga nisbatan umidlari ijobiydir.

Shuningdek, respondentlar tomonidan jami , 451 korxonadan 52 %i - “Yaxshilanadi”, 33 %i - “Oʻzgarmaydi”, 14 %i - “Yomonlashadi” deb baholandi.

Bunda biznes iqlimi koʻrsatkichi 35 punktni tashkil qildi, yaʼni Oʻzbekistondagi biznes iqlimi “Yaxshi” deb baholanmoqda. Iqtisodiy rivojlanish nuqtai nazaridan, biznesning hozirgi holati qiymati va biznesning rivojlanish istiqbollari qiymati oʻrtasidagi bogʻliqlik mamlakat iqtisodiyoti yaqin 2-3 oy ichida jadal rivojlanishni boshdan kechirishini anglatadi.

Maʼlumot uchun: biznes iqlimga oʻxshash koʻrsatkichlar Rossiyada (-7), Qozogʻistonda (2) oʻtgan oyga nisbatan keskin pasayishni koʻrsatdi.

Ilgari Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi aprel oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksini (IFI) eʼlon qilgan edi, unda nafaqat oldingi oyga, balki oʻtgan yilning shu oyiga nisbatan salbiy oʻzgarishlar yuz berdi. IFI pasayishining asosiy sababi 2020 yil mart oyi oxirida respublikaning barcha hududlarida karantin joriy etilgani deb hisoblanmoqda.

Taʼkidlash joizki, statistika maʼlumotlari asosida ishlab chiqilgan va ishbilarmonlik faolligini baholaydigan maʼmuriy va miqdoriy koʻrsatkichlarni koʻrsatadigan IFI dan farqli oʻlaroq, Oʻzbekistonning biznes iqlimi indeksi ikkita yoʻnalishda soʻrov oʻtkazish yoʻli bilan hisoblab chiqilgan: biznesning hozirgi holati va keyingi 2-3 oy ichida biznesning rivojlanish istiqbollarini baholash.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ushbu soʻrovnomada ishtirok etgan tadbirkorlarga va korxonalar vakillariga minnatdorchilik bildiradi.

Keyingi soʻrovnoma joriy yilning may oyining oxirida oʻtkaziladi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ