Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi56 marta oʻqildi
Xalqaro valyuta jamgʻarmasi COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashish uchun Oʻzbekistonga 375 million dollar ajratadi
Ushbu mablagʻlar global inqiroz va koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladi.
Xalqaro valyuta jamgʻarmasi (XVJ) direktorlar kengashi koronavirus bilan kurashish uchun respublikaga 375 million dollar ajratishga qaror qildi, deya xabar beradi jamgʻarma.
“Xalqaro valyuta jamgʻarmasi Ijroiya kengashi Oʻzbekistonning COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashini qoʻllab-quvvatlash uchun tezkor kredit mexanizmi va tezkor moliyalashtirish vositasi doirasida 375 million dollar ajratilishini maʼqulladi», - deyiladi xabarda.
Jamgʻarma maʼlumotlariga koʻra, imtiyozli kreditlar 5 yillik imtiyozli davr bilan 10 yil muddatga 125 million dollar miqdoridagi tez foizsiz kreditlashni (Rapid Credit Facility) nazarda tutadi. Shuningdek, 250 million dollar miqdoridagi mablagʻlar 5 yillik muddatga tez moliyalashtirish vositasi shaklida, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davrga yiliga 1,05%da ajratiladi.
"Ushbu mablagʻlar global inqiroz va koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi jamgʻarmani toʻldirishga yoʻnaltiriladi", - deya qoʻshimcha qildi matbuot xizmati.