Oʻzbekistonga Janubiy Koreya insonparvarlik yordamini yubordi
Yuk tarkibi 2 tonnaga yaqinroq boʻlib, matras va yarim avtomat mexanizmli 20 ta koʻp vazifali tibbiy karavotlardan tashkil topgan.

Janubiy Koreyadan Oʻzbekistonga tibbiy karavotlar partiyasi yetkazib berildi. Umumiy qiymati 135 ming dollardan ziyodroq boʻlgan yana bir qism insonparvarlik yuklarining kelishi kutilmoqda.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining charter yuk reysi bilan Janubiy Koreyadan Oʻzbekistonga uchinchi insonparvarlik yordami partiyasi yetib keldi, deya xabar berdi «Dunyo» AA.
Yuk tarkibi 2 tonnaga yaqinroq boʻlib, matras va yarim avtomat mexanizmli 20 ta koʻp vazifali tibbiy karavotlardan tashkil topgan. Yordam Suwan TPL kompaniyasi va mamlakatning Seuldagi elchixonasi koʻmagida uyushtirildi.
Umumiy qiymati 135 ming dollardan ziyodroq, vazni 17 tonnaga yaqin boʻlgan insonparvarlik yordamining qolgan qismi charter reys tashkil etilishi bilan olib kelinadi.
Janubiy Koreya Oʻzbekistonga aprel oxiri va may oʻrtalarida ilk insonparvarlik yordamlarini yuborgan edi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

