| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi92 marta oʻqildi

Oʻzbekistonda yetishtirilgan 20 tonna gilos Koreyaga yetkazildi

Oʻzbek giloslari savdo tarmoqlari orqali Koreyaning supermarket va bozorlarida sotuvga chiqariladi.

Oʻzbekistonda yetishtirilgan 20 tonna gilos Koreyaga yetkazildi

27 may kuni "Uzbekistan Airways" AJning charter yuk reysi orqali mamlakatimiz bogʻbonlari tomonidan yetishtirilgan 20 tonna gilos Inchonga yetkazildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA.

Oʻzbek gilosi Rossiya bozorlarida 7,3 AQSh dollardan sotilmoqda

Mahsulot Fargʻona viloyati Quva tumanidagi "UZ SEGANG LLC" kompaniyasi tomonidan eksportga joʻnatilgan. Janubiy Koreyaning "Sunfinite Co.LTD" kompaniyasi vakillari yukni qabul qilib oldi.

Oʻzbek giloslari savdo tarmoqlari orqali ushbu mamlakat supermarket va bozorlarida sotuvga chiqariladi.

Taʼkidlash joizki, Oʻzbekistonning Seuldagi diplomatik vakolatxonasi mamlakatimizda ishlab chiqarilgan va yetishtirilgan mahsulotlarni Janubiy Koreya bozoriga eksport hajmini kengaytirish boʻyicha saʼy-harakatlarni kuchaytirmoqda.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ