| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi79 marta oʻqildi

Hindiston va Oʻzbekiston COVID-19 pandemiyasiga qarshi hamkorlik qilmoqda

Hindiston tomoni Oʻzbekistonga COVID-19ga qarshi kurashishda hamkorlikni faollashtirishga tayyor ekanini bildirgan. Hamkorlik doirasida Hindistonning Oʻzbekistondagi elchisi Santosh Ja ushbu mamlakatdan olib kelingan dori-darmonlarni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi vakillariga topshirdi.

Hindiston va Oʻzbekiston COVID-19 pandemiyasiga qarshi hamkorlik qilmoqda

Hindiston va Oʻzbekiston oʻrtasida COVID-19 pandemiyasiga qarshi olib borilayotgan hamkorlik doirasida Hindistonning Oʻzbekistondagi elchisi Santosh Ja ushbu mamlakatdan olib kelingan dori-darmonlarni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi vakillariga topshirdi. Bu haqda Hindistonning Toshkentdagi elchixonasi xabar qildi.

Dori-darmonlar toʻplamiga Oʻzbekiston hukumati soʻragan gidroksiklorokin tabletkalari kiritilgan. Hindiston, shuningdek, ushbu mamlakatdan olib chiqilayotgan vositalarning qatʼiy nazorat ostida ekaniga qaramay, katta miqdordagi gidroksixloroxin tabletkalarini Oʻzbekistonga tijorat asosida eksport qildi.

Hindiston paratsetamollarni olib kirishga qoʻyilgan taqiqni bekor qildi va Oʻzbekistonga ushbu zarur dori-darmon yetkazib berilishini toʻxtovsiz davom ettirilishini taʼminlamoqda.

Bundan avvalroq ikki davlat tashqi siyosat mahkamalari rahbarlari oʻrtasida boʻlib oʻtgan telefon muloqoti chogʻida Hindiston tomoni Oʻzbekistonga COVID-19ga qarshi kurashishda hamkorlikni faollashtirishga tayyor ekanini bildirgan edi.

Shuningdek, Hindiston soʻnggi ikki oy ichida e-ITEC dasturi boʻyicha Oʻzbekiston tibbiyotchilari uchun uchta onlayn-trening va malaka oshirish kurslarini taklif qilgan.

Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik izchil rivojlanib bormoqda. 1 milliard dollargacha boʻlgan kredit liniyasidan tashqari, qator infratuzilma va kommunikatsiya loyihalari istiqbollari koʻrib chiqilmoqda. Yaqinda Hindiston Oʻzbekistonga grant asosida 30 million dollargacha boʻlgan loyihalarni amalga oshirishni taklif qildi. Ular Oʻzbekiston aholisining sogʻliqni saqlash, taʼlim, fuqarolar, ayniqsa, ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, axborot texnologiyalari, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, ichimlik suvi, kichik yoʻllar qurish va boshqa koʻplab sohalardagi ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan.

Oʻzbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ushbu loyihalarni amalga oshirishda asosiy muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ