Karantin cheklovlariga qaramasdan Oʻzbekistonda iqtisodiy oʻsish kutilmoqda
2020 yilda mamlakat ichki yalpi mahsuloti pandemiya boshlanmasdan oldin kutilgan 5,5 foiz oʻrniga 1,8 foizga oʻsishi taxmin qilinmoqda.

Germaniyaning “Germany Trade & Invest” – GTAI veb-sahifasida ana shunday sarlavha ostida maqola chop etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA.
Maqola muallifi Uve Shtrobax dunyo boʻylab koronavirus sababli joriy etilgan karantin va boshqa qator cheklovlar koʻplab mamlakatlar, jumladan Oʻzbekiston iqtisodiyotiga salbiy taʼsir etayotganiga eʼtibor qaratgan. Mutaxassislarning taxminlariga koʻra, 2020 yilda mamlakat ichki yalpi mahsuloti pandemiya boshlanmasdan oldin kutilgan 5,5 foiz oʻrniga 1,8 foizga oʻsishi taxmin qilinmoqda.
“Oʻzbekiston hukumati taxminicha, mamlakat eksport sohasida kamida 1,1 milliard dollar miqdorida kamomad boʻlishi kutilmoqda. Buning asosiy sababi jahon bozoridagi mis va misdan tayyorlangan tovarlarga boʻlgan narx-navoning arzonligi hamda xorijda ip-gazlama, shuningdek ipak mahsulotlari kabi toʻqimachilik mahsulotlariga, turli xil meva-sabzavot va mineral oʻgʻitlarga talabning pasayganidadir”, deb qayd etiladi maqolada.
Chet el sarmoyalari bilan boshlangan yoki endi boshlanish arafasida turgan koʻplab loyihalarning amalga oshishi sekinlashmoqda.
Muallif koronavirus pandemiyasi Oʻzbekistonning yana bir manfaatli sohasiga salbiy taʼsir etishi mumkinligi haqida fikr yuritadi. Soʻnggi yillarda tez rivojlanishga erishgan turizm sohasidan tushadigan yillik xorijiy valyuta hajmi joriy yil kutilganidan 150 million dollarga kam boʻlish ehtimoli bor. Bundan tashqari, xorijdagi koʻplab oʻzbekistonlik mehnat migrantlarining mamlakatga qaytib kelishini ham inobatga olish kerak boʻladi. Ular tomonidan xorijiy davlatlardan mamlakatga amalga oshiriladigan pul oʻtkazmalarining kamayishi ham respublika ichki isteʼmol bozoriga salbiy taʼsir koʻrsatishi taxmin qilinmoqda.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

