Endilikda Oʻzbekiston uchun karantin cheklovlari yengillashadi
Ish haqi, nafaqa va pensiyalar karantin qoidalariga toʻliq amal qilgan holda, naqd pulda tarqatiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatimizda karantin talablarini hushyorlikni oshirgan holda yanada yumshatish, iqtisodiyot tarmoqlarini bosqichma-bosqich ishlatish, aholi bandligi va daromadlarini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan 13 may kuni videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

Shavkat Mirziyoyev: “Afrosiyob” tezyurar poyezdi qatnovini qayta yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda
Yigʻilishda taʼkidlanganidek, "qizil" roʻyxatdan chiqqan hududlarda sanitariya-gigiyena talablariga qatʼiy amal qilgan holda xizmat koʻrsatish turlariga bosqichma-bosqich ruxsat beriladi.
Olis hududlarning poytaxtimiz bilan transport aloqasini tiklash juda dolzarb masala boʻlib turibdi. Shu bois Toshkent shahridan Nukus, Urganch, Termiz shaharlariga aviaqatnovlarni tiklash, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Qarshi shaharlariga “Afrosiyob” tezyurar poyezdi hamda Fargʻona vodiysiga poyezd qatnovini qayta yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, shaharlar ichida shaxsiy avtomobillar harakati boʻyicha cheklovlarni bekor qilish masalasi oʻrganilmoqda. Transport, Ichki ishlar va Sogʻliqni saqlash vazirliklariga bular boʻyicha Respublika komissiyasiga taklif kiritish vazifasi qoʻyildi.
Maʼlumki, kasallik yuqishi xavfidan kelib chiqib, toʻlovlar naqdsiz shaklga oʻtkazilgan edi. Aholi, ayniqsa, pensionerlarning murojaatlarini hisobga olib, ish haqi, nafaqa va pensiyalar karantin qoidalariga toʻliq amal qilgan holda, naqd pulda tarqatilishi belgilandi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

