| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Texnologiyalar1 daqiqada oʻqiladi97 marta oʻqildi

Oʻzbekiston internet tezligi boʻyicha jahon reytingida yuqoriladi

Oʻzbekiston internet tezligi boʻyicha bir yil davomida 37 pogʻona yuqoriladi.

Oʻzbekiston internet tezligi boʻyicha jahon reytingida yuqoriladi

«Ookla» kompaniyasining “Speedtest.net” servisi 2020 yil aprel oyi natijalariga koʻra, yangi maʼlumotlarni eʼlon qildi. Unda qayd etilishicha, Oʻzbekiston “Speedtest Global Index” simli aloqa internet tezligi boʻyicha jahon reytingida yana bir pozitsiyaga koʻtarildi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabar bermoqda.

Internet tezligi boʻyicha dunyo reytingida Oʻzbekiston hozirgi kunda 1 oʻringa yuqorilab, 94-oʻrinda qayd etilmoqda. Mamlakatimiz ushbu sohada bir yil davomida 37 pogʻona yuqorilashga erishdi.

Umuman, oxirgi yil natijalariga koʻra, Oʻzbekistonda aniqlangan internet tezligi qariyb 2,3 baravar oʻsgan.

Oʻzbekiston internet tezligi boʻyicha jahon reytingida bir oy ichida yana 7 pogʻonaga koʻtarildi

2020 yil aprel holatida Oʻzbekiston internet tezligi boʻyicha Turkiya (97-oʻrin), Gruziya (95-oʻrin), Ozarbayjon (114-oʻrin), Tojikiston (99-oʻrin), va Turkmaniston (174-oʻrin) dan oldinda turibdi.

Maʼlumot uchun, “Speedtest” internet tezligini tekshirish uchun umumjahon internet foydalanuvchilari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlaridan foydalanadi va reyting tuzib chiqadi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ