Oʻzbekistonga Janubiy Koreyadan yordam keldi
Janubiy Koreyadan Oʻzbekistonga tibbiyot karavotlarining navbatdagi partiyasi yetib keldi. Navbatdagi charter reys bilan Oʻzbekistonga Koreya tomonidan yana 15 tonnalik yordam yuboriladi.

27 may kuni Uzbekistan Airways charter reysi bilan Janubiy Koreyadan Oʻzbekistonga navbatdagi insonparvarlik yordami olib kelindi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar berdi.
Matras va yarim avtomat mexanizmli 20 ta koʻp funksionalli tibbiyot karavotlaridan iborat yordam Janubiy Koreyaning Myung Sung Placon kompaniyasi koʻmagida shakllantirildi.
Oʻzbekistonning Seuldagi elchixonasi mamlakat uchun insonparvarlik yordamini jalb qilishda davom etmoqda. Birinchi navbatda — respublikada koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish uchun zarur boʻlgan portativ rentgen uskunalari va boshqa jihozlar.
126 ming dollar qiymatidagi 15 tonnalik qolgan yuk navbatdagi charter reys tashkil etilishi bilan joʻnatiladi.
Agentlikning qayd etishicha, 23 may kuni Oʻzbekistonga Janubiy Koreyaning Suwan TPL kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 20 ta tibbiyot karavotidan iborat yordam olib kelingan.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Pandemiyaning Oʻzbekiston avtomobilsozlik sanoatiga taʼsiri nisbatan yumshoq oʻtmoqda

COVID-19 pandemiyasi sharoitida davlatning puxta oʻylangan rivojlanish strategiyasi juda muhimdir – ekspert

Inqiroz ichidagi inqiroz: COVID-19 va xalqaro migratsiya

