COVID-19 pandemiyasi sharoitida davlatning puxta oʻylangan rivojlanish strategiyasi juda muhimdir – ekspert
Strategiyaning mohiyatini chuqur anglamaslik nimalarga olib kelishi mumkinligi haqida iqtisod fanlari doktori, professor, Rossiya Fanlar akademiyasining xorijiy aʼzosi, Moskva Iqtisodiyot maktabi, M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining iqtisodiy va moliyaviy strategiya kafedrasi mudiri, strategiya nazariyasi va metodologiyasi boʻyicha ilmiy ishlari uchun M.V. Lomonosov nomidagi I darajali mukofoti sovrindori Vladimir Lvovich Kvint gapirib berdi.

COVID-19 pandemiyasi sharoitida davlatning puxta oʻylangan rivojlanish strategiyasi juda muhimdir. U salbiy taʼsirlarni yumshatish, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni barqarorlashtirish, rivojlanish yoʻllarini aniqlash, ushbu xavf-xatar va uning oqibatlariga qarshi kurashish uchun barcha resurslarni safarbar etish imkonini beradi.
- Hozir biz inqiroz sharoitidamiz. Vladimir Lvovich, sizning fikringizcha, qaysi davlatlar oʻz strategiyalari tufayli inqirozni yengib oʻtadi?
- Inqirozning har xil turlari bor: global, ijtimoiy-iqtisodiy, moliyaviy, texnogen. Biz pandemiya keltirib chiqargan global inqiroz bilan ish olib bormoqdamiz. Bunday tahdid, shubhasiz, butun dunyo aholisi hayotiga taʼsir qiladi. Bu XX-XXI asrlar chegarasida yagona bozor makonining yuzaga kelishi bilan bogʻliq. Albatta, xalqaro hududiy va milliy bozorlar ham mavjud, ammo ularni jahon bozoridan ajratib boʻlmaydi.
Jahon bozorining shakllanishi dunyo hamjamiyatining yaratilishiga olib keldi. Bunday pandemiya, XIX asrda boʻlganida, balki Xitoydan tashqarida sezilmay qolishi ham mumkin edi. Shu bilan birga, Xitoyning uzoq muddatli milliy strategiyasi unga nafaqat bir qator koʻrsatkichlar boʻyicha dunyoda yetakchi oʻrinni egallashga, balki toʻsatdan kelgan tahdidlarning oqibatlarini tezroq va osonroq yengish imkonini berdi. Har qanday professional yondashilgan strategiya bir nechta ssenariylar asosida ishlab chiqiladi (koʻpgina professional boʻlmagan strategiya ishlab chiquvchilar singari minimal, maksimal va maqbul ssenariylarni ajratib koʻrsatmaydilar).
Ssenariylar afzallik tomonlari bilan ajralib turishi, oldinda uchrashi mumkin boʻlgan strategik xavflarga va yangi imkoniyatlarning oʻsishiga qarab farqlanishi kerak. Pandemiyaning butun dunyoga jiddiy taʼsiri hammaga ayon. Favqulodda vaziyatlar sodir boʻlganida strategiyalar ishlab chiqadigan mamlakatlar esa bu vaziyatga tayyor ekani maʼlum boʻlmoqda. Bunday hujjat har qanday professional tarzda ishlab chiqilgan strategiyaning dastlabki boʻlimlaridan biri boʻlishi kerak va u har bir rahbar uchun juda zarurdir. Hozirgi karantin va izolyasiya sharoitida ishlab chiqarish surʼati sekinlashmoqda, YaIMning oʻsish tezligi va mutlaq qiymati pasaymoqda, ishsizlik darajasi ortishi oqibatida qashshoqlik darajasi oʻsmoqda.
Strateg oldindan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan oqibatlarni baholay olish , eng muhimi esa — insoniyat tarixida koʻp marta sodir boʻlgan ulkan epidemiyalar tufayli yuzaga kelgan inqirozlarning davomiyligini hisoblab chiqishi kerak. Ammo, yana shunisi ahamiyatliki, har bir yangi xavf, hatto pandemiya kabi dahshatli tahdid ham kimlargadir yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Shulardan, hozirda baʼzi tibbiy texnologiyalar, himoya vositalari va farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga jahon bozorida talab juda katta boʻlmoqda. Oʻz strategik ssenariylarida yuz berishi mumkin boʻlgan pandemiyani hisobini olgan ishlab chiqaruvchilar yutib chiqadilar.
- Rossiyani nima kutmoqda?
- Men davlatimizning koronavirus bilan toʻqnashganda yuzaga kelgan qiyin vaziyatini baholay oladigan epidemiologiya sohasidagi mutaxassis emasman.Umid qilamanki, kuz oylariga borib epidemiologik vaziyat yaxshilanishni boshlaydi.
- Vladimir Lvovich, strategiya nima? Davlat qurilishi va boshqaruvida uning muhimligi nimada?
— Bu savolga bir nechta javoblar mavjud — qatʼiy formulalar va mashhurroq sentensiyalar shaklida. Jurnalingizning koʻp sonli oʻquvchilari uchun men quyidagi taʼrifni taklif qilishim mumkin: strategiya kelajakdagi nomaʼlum tartibsizliklar orqali tuzatilgan ustuvorliklar va maqsadlarga yoʻnaltirilgan qoʻllanma. Bu donolik bilan tanlangan hujumlar vektoriga resurs cheklovlarini taxmin qilgan holda koʻpaytirilishidir. Barcha fanlar singari strategiya nazariyasi ham falsafadan kelib chiqadi. Biroq, dastlab strategiya aynan harbiy liderlar: Sun Szi, Gay Yuliy Sezar va Vizantiya imperatori Mavrikiy tufayli ishlab chiqilgan. Ular oʻzlarining kitoblari va eslatmalarida bizga amaliy tavsiyalar qoldirishgan, ularning koʻplari chuqur strategik ahamiyatga ega. XX asr boshlarida strategiya biznes sohasida qaytadan tugʻildi. Hozirgi kunda u davlat rahbariyati va iqtisodiy menejmentga nisbatan faol rivojlanmoqda. Strategiya metodologiyasidan foydalanish strategik rahbarlar tomonidan belgilangan maqsadlar va koʻrsatkichlar tomon harakat yoʻnalishini tekshirishga yordam beradi. Davlat, viloyat, korporatsiya boshliqlari strategik fikrlash, boy tafakkurga ega boʻlsalar, operatsion boshqaruv bilan toʻliq band boʻlmasalar kelajakka harakat yoʻnalishini oʻzlari belgilashi mumkin. Ammo, strategiya nazariyasiga tayanib yoki professional strateglarning tavsiyalaridan foydalanib , u raqobatchilar uchun kutilmagan va raqiblari uchun xavfli boʻlgan eng samarali qarorlarni qabul qiladi.
- Strategga qanday bilimlar kerak?
- Strateglar ham, rahbarlar ham strategiya metodologiyasi boʻyicha maxsus kasbiy bilimga muhtoj. Aytgancha, strategning faoliyati kelajakni oldindan koʻra bilish va bashorat qila olish kabi qadimiy «kasblar» dan kelib chiqadi. Kelajakni oldindan koʻra bilish eng muhimi, ularning tushunchalari va tavsiyalari noyob sezgi, ong va ong osti yoqasida, ratsional va irratsional chegarada qaror qabul qilish natijasi boʻlgan. Uzoq asrlar va oʻn yillar davomida kelajakni oldindan koʻra bilishga intilishlar turli xil izlanishlarni keltirib chiqardi. Faqat amaliy matematikaning rivojlanishi va XVIII-XIX asrlarda statistik usullarning paydo boʻlishi kelajakda prognoz qilish kabi fanning yaratilishiga olib keldi, uning asosi rivojlanitirish va rejalashtirishdan olingan.
Strategiya kelajak uchun muhim, samarali va uzoq muddatli qarorlarni ishlab chiqarishda va ularning toʻliq amalga oshishida vosita vazifasini oʻtaydi, aniq rejalashtirish orqali maqsadlarni hayotga tatbiq etadi. Strategiyalash prognozlar uchun katta amaliy ahamiyatga ega va aynan strategiya tufayli eng muhim va ustuvor rejalar amalga osha boshlaydi.
Shu munosabat bilan strateglar hech qachon ichki intuitsiyani eʼtibordan chetda qoldirmasligi kerakligini taʼkidlamoqchiman. Ammo bunga koʻr-koʻrona erishib boʻlmaydi, chunki strategik qarorlar, taʼkidlaganimdek, ratsional va irratsionallar chegarasida, nazariyani chuqur oʻrganish bilan bir qatorda, intuitsiyaga tayangan holda chiqariladi.
Strategiyalash nazariyasi va amaliyotining iqtisodiy mohiyati strategiya doimo zarur manbalar bilan taʼminlanishi kerakligi bilan bogʻliq. Resurslarsiz strategiya — yaxshi tilaklar toʻplami, manilovizm. Va bugungi kunda bunday strategiyalar, afsuski, tobora koʻp uchramoqda va Rossiyada ular deyarli yetakchilik qilmoqda. Toʻgʻri mezonni tanlash strategiyaning muhim tarkibiy qismidir. Vaziyatni tasavvur qiling: bir rahbar oʻnlab yoki yuz minglab odamlarni yolgʻon maqsadga olib keldi. Resurslar isrof qilinadi, izdoshlar esa tubsiz jar yoqasiga kelib qoladi.
Strategiyaning yana bir va eng muhim omili — bu oʻz vaqtida harakat qilish. Belgilangan maqsadga oʻz vaqtida erishish, oldinroq ham, kechroq ham emas, — bu juda samarali va oʻta muhimdir. Yangi ixtiro paydo boʻlganda va unga hali talab boʻlmasa, ommaviy ishlab chiqarishga kirishishini kutmaslik kerak. Strateg texnologik innovatsiyalar talabning birinchi impulslari paydo boʻlganda aniq koʻrinishini taʼminlashga yordam beradi.
Shu munosabat bilan strateglar hech qachon ichki intuitsiyani eʼtibordan chetda qoldirmasligi kerakligini taʼkidlamoqchiman. Ammo bunga koʻr-koʻrona erishib boʻlmaydi, chunki strategik qarorlar, taʼkidlaganimdek, ratsional va irratsionallar chegarasida, nazariyani chuqur oʻrganish bilan bir qatorda, intuitsiyaga tayangan holda chiqariladi.
Strategiyalash nazariyasi va amaliyotining iqtisodiy mohiyati strategiya doimo zarur manbalar bilan taʼminlanishi kerakligi bilan bogʻliq. Resurslarsiz strategiya — yaxshi tilaklar toʻplami, manilovizm. Va bugungi kunda bunday strategiyalar, afsuski, tobora koʻp uchramoqda va Rossiyada ular deyarli yetakchilik qilmoqda. Toʻgʻri mezonni tanlash strategiyaning muhim tarkibiy qismidir. Vaziyatni tasavvur qiling: bir rahbar oʻnlab yoki yuz minglab odamlarni yolgʻon maqsadga olib keldi. Resurslar isrof qilinadi, izdoshlar esa tubsiz jar yoqasiga kelib qoladi.
Strategiyaning yana bir va eng muhim omili — bu oʻz vaqtida harakat qilish. Belgilangan maqsadga oʻz vaqtida erishish, oldinroq ham, kechroq ham emas, — bu juda samarali va oʻta muhimdir. Yangi ixtiro paydo boʻlganda va unga hali talab boʻlmasa, ommaviy ishlab chiqarishga kirishishini kutmaslik kerak. Strateg texnologik innovatsiyalar talabning birinchi impulslari paydo boʻlganda aniq koʻrinishini taʼminlashga yordam beradi.
— Bu qanday boʻlishi mumkin?
- Strategiyalash jarayonida trendlar oʻrganiladi: global, sanoat, mintaqaviy va korporativ. Ular nafaqat sifati, yoʻnalishi bilan, balki taʼsir qiladigan omillar va hayotiy sohalarda, yetuklik darajasida ham farqlanadi. Baʼzilari yuqori yetuklik bosqichi bilan ajralib turadi, ikkinchisi yoʻqoladi, boshqalari esa endi tugʻila boshlaydi.. Strateg esa xuddi astronom kabi trendning paydo boʻlishini birinchi boʻlib aniqlashi kerak. Qaysi mamlakat yoki korporatsiya har doim oldinda boʻladi? Olimlar, strateglar yoki rahbarlar birinchi boʻlib yangi trendlarni sezganda va uning asosida barcha zarur resurslar — mehnat, moddiy, moliyaviy, infratuzilma bilan taʼminlangan innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqqanlar hamisha oldindadirlar.
— Dunyo beqaror va oldindan bir gap aytish qiyin boʻlgan davrda strategiyalarni qanday muvaffaqiyatli amalga oshirish mumkin?
- Buning uchun strategiyani monitoring qilish, oʻzgaruvchan tashqi va ichki sharoitlarda uni amalga oshirishni tahlil qilish, yangi imkoniyatlar va kutilmagan tahdidlar taʼsiri ostida koʻrsatmalarni aniqlashtirish mavjud. Masalan, Xitoyda buyuk strateg Deng Syaopin tufayli 1976 yilda ishlab chiqilgan bir asrlik strategiya tasdiqlangan. U hanuzgacha amalga oshirilmoqda. Endi Xitoy Kommunistik partiyasi rahbarlari 100 yillik strategiyani amalga oshirish muddatini 2068 yilgacha qisqartirdilar va shu bilan birga 200 yilgacha ishlab chiqilgan strategiyani amalga oshirishga tayyorgarlikni boshladilar. Har uch oyda CPC Markaziy Qoʻmitasining plenumi oʻtkazilib, unda strategiyani amalga oshirishning avvalgi bosqichi yakunlari eʼlon qilinadi va zarur boʻlgan aniqliklar kiritiladi. Ammo strategiyaning asosiy elementlari - uning asosiy koʻrsatmalari, ustuvorliklari va yoʻnaltirilgan vektori - oʻzgarmaydi.
Har qanday strategiya strategik obʼyektning chuqur qadriyatlarini anglash, ularni tahlil qilish va shakllangan manfaatlarga muvofiq ravishda tizimlashtirish, oxir oqibat odamlar hayot sifatini yaxshilashga xizmat qilishi juda muhimdir. Bu mamlakatga, mintaqaga, korxonaga va shaxsga tegishli. Har birimizning oʻz hayotimiz bor. Oʻz qobiliyatingiz va raqobatdosh ustunliklaringizdan foydalanib, nima qilishni xohlayotganingizni, hayotingizni qanday yoʻnaltirishni aniqlamasdan qanday yashashingiz mumkin, sizning hayotingiz bunga arziydimi yoki oʻzingizni boshqa narsaga bagʻishlashingiz kerakmi?
- Strategiyaning mohiyatini aniq tushunish Rossiya amaliyotida aks etmaydi va strategiya deb nomlangan koʻplab hujjatlar aslida nomiga mos kelmaydi, deb taʼkidlayapsiz. Nega bunday boʻldi?
- Koʻp mamlakatlarda strategiyaning mohiyati strategiyalar deb ataladigan hujjatlarda aks etmaydi. Ha, qanday qilib ular professional strateglar boʻlsin, masalan, Rossiyada bu sohada mutaxassislar nazariya va amaliyot — iqtisodchi-strateglar tayyorlash uchun taʼlim standarti boʻlmasa? Menimcha, fan va oliy taʼlim vazirligi uchun tegishli taʼlim standartini tasdiqlash vaqti allaqachon kelgan, chunki barcha yirik va hatto koʻplab oʻrta korxonalar, mintaqaviy hukumatlar va federal vazirliklar strategiya boʻlimlariga ega, ammo u yerda ishlaydigan odamlar strategiya sohasida zarur kasbiy koʻnikmalarga ega emaslar. MDU «Iqtisodiy va moliyaviy strategiya» magistrlik dasturi tasdiqlangan mamlakatdagi birinchi universitet (va haligacha yagona) boʻldi. Ikki yil davomida Moskva davlat universitetining Moskva iqtisodiyot maktabi magistrantlari ushbu dasturning 35ta tartibini oʻrganmoqda.
Professional strateglarning yetishmasligi tufayli davlat organlaridan yaroqsiz hujjatlarni tasdiqlash soʻraladi. Misol uchun, 2008 yilda Rossiya Federatsiyasi hukumati 2020 yil strategiyasini tasdiqladi (rasmiy nomi — 2020 yilgacha boʻlgan davrda Rossiya Federatsiyasining uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasi). Baʼzi maqsadlar «Rossiyskaya gazeta»ning birinchi sahifasida eʼlon qilindi: 2020yilga kelib rossiyaliklarning oʻrtacha ish haqi oyiga $ 2, 7 ming boʻlishi kerak edi. Bir oʻylab koʻring: hozir sizning tanishlaringiz orasida oʻrtacha oyiga $2, 7 ming daromad topadiganlar koʻpmi? Ushbu hujjatda 2020 yilga kelib «innovatsion mahsulotlarning ulushi 25-35% ga oshishi kerak»ligi koʻrsatib oʻtilgandi. Biroq, 2018 yilda, Federal davlat statistika xizmati maʼlumotlariga koʻra, «Rossiya Federatsiyasi tomonidan joʻnatilgan tovarlar, bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlar ulushi 6, 5%ni tashkil etgani» qayd qilingandi. Taqqoslash uchun: 2007 yilda Rossiyada ushbu mahsulotlarning ulushi 5, 5% edi. Yaʼni, 11 yil davomida bu koʻrsatkichning oʻsishi atigi 1%ni tashkil qildi.
Koʻrinib turibdiki, strategiya notoʻgʻri ishlab chiqilgan. Unda intellektual, texnologik, moddiy va moliyaviy resurslarga ega boʻlmagan koʻrsatmalar tasdiqlangan. «Innovatsion mahsulotlarni yaratish» nimani anglatadi? Avvalo, odamlarga taʼlim berish kerak. Bu vaqt talab etadi: besh-olti yillik bakalavriat va magistratura, shuningdek uch-toʻrt yillik aspirantura. Hujjatni yaratuvchilar buni hisobga olmaganlar. Rossiyada ilm-fanni moliyalashtirishning oʻziga xos koʻrsatkichlari pasayib bormoqda. Bu holatda Rossiya iqtisodiyotining aksariyat tarmoqlarida innovatsion mahsulotlarni qayerdan kutish mumkin?
- Siz Rossiyada strateglashtirishning nazariy va uslubiy asoslarini ishlab chiqmoqdasiz. Ishingiz natijalarini koʻryapsizmi?
- Mana 48 yildirki, professional hayotim strategiya nazariyasi va amaliyotiga bagʻishlangan. Men Sibir, uzoq Sharq, Arktika, Krasnoyarsk oʻlkalarining ilmiy va texnologik taraqqiyoti va kompleks iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etdim. Ushbu dasturlarning koʻpchiligi oʻzining milliy darajasida tasdiqlangan. Men Albaniya, Bolgariya, Braziliya, Buyuk Britaniya, Moʻgʻuliston, AQSh, Oʻzbekiston va boshqa mamlakatlardagi hamkasblarim bilan eng muhim strategiyalar ustida ishlashga muvaffaq boʻldim. Bundan oʻn yil muqaddam Moskva davlat universiteti rektori akademik V. A. Sadovnichiy menga hamkorlarim bilan birga Moskva davlat universitetining strategik tadqiqotlar markaziga rahbarlik qilishni topshirdi. Biz Sankt-Peterburgning suv taʼminoti va suv chiqarish strategiyasini ishlab chiqdik, bu bugungi kunda muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Sankt-Peterburg suv kanali Rossiyaning Shimoliy poytaxtini toza suv bilan taʼminlaydi — bu esa aholi sogʻligʻini saqlashning asosiy omilidir. Sankt-Peterburgda suvni tozalashning yangi texnologiyalari joriy etilguniga qadar, shaharda 147 virusli gepatit holati qayd etilgan edi va hozirgi vaqtda 100 ming kishiga 6tadan kam holat toʻgʻri keladi va bular asosan suv sifati tufayli. Ushbu tajriba hamkasblarim va men uchun Oʻzbekistonda suv taʼminoti, oqava suvlarni chiqarish va suv balansi strategiyasini ishlab chiqishda foydali boʻldi, chunki bu yerda suv sifati va suv chiqarish bilan bogʻliq jiddiy muammolar mavjud.
- Siz sanoat, mintaqalar va mamlakatlar rahbarlariga yordam berasiz. Ular yordam soʻrashdan oldin asosan qanday muammolarga duch kelishadi?
- Koʻpincha muammo shundaki, menejerlar, buxgalterlar, iqtisodchilar tomonidan amalga oshiriladigan uy qurilishi strategiyalari ishlamaydi, ularning barchasi aʼlo darajadagi mutaxassislar, ammo strategiya sohasida emas, ularda aynan strategiyaning samarali uslubi yoʻq. Strategiya ishning sifatli boʻlishi uchun emas, balki hisobot berish uchun tayyorlanadi. Bunday strategiyalar odatda javonlarda chang toʻplab yotadi.
Men taniqli davlatlar va kompaniyalarning yetakchilari bilan, yaʼni strategiyani muhim ishchi hujjat sifatida ishlata oladigan va barcha qarorlarni hayotga tatbiq etadigan, masalan, General Electric bosh direktori Jek Uelch kabi strateglar bilan hamkorlik qilish baxtiga muyassar boʻldim. Strategiya — har doim rahbarlar bilan oʻzaro munosabatlar natijasi. Ammo koʻpincha muammo mutaxassislarning yetishmasligi bilan bogʻliq. Masalan, mintaqaviy strategiya hech qachon ushbu mintaqada faoliyat koʻrsatayotgan korporatsiyalar, korxonalar, shuningdek, oʻsha hudud aholisi manfaatlarini hisobga olmasa, amalga oshmaydi. Natijada, strategiya havoda osiladi. Shu bilan birga, mintaqaviy va milliy strategiyalar har doim mahsulot ishlab chiqaruvchilar va xizmat koʻrsatuvchilar darajasida amalga oshiriladi.
Va nihoyat, barcha korxonalar, hududlar va mamlakatlarning rahbarlari doimo resurslar tanqisligidan qiynalishadi va professional tarzda tayyorlangan strategiya, oz, ammo maqsadli taqsimlangan resurslar bilan muhim va hatto katta maqsadlarga erishish imkonini beradi.
- Sizni odatda bashoratchi deyishadi. Oʻz vaqtida siz bir nechta qiziqarli va asosli taxminlar qilgansiz. Oʻzingiz ishongan xulosalarni tatbiq etishda qanday omillarga suyanasiz?
- Avvalo, men rejalar, eʼlon qilingan dasturlar va maqsadlarni tahlil qilaman. Ushbu maqsadlar manbalar bilan qay darajada taʼminlanganini aniqlashga harakat qilaman. Milliy yoki mintaqaviy mahsulot yoki maʼlum bir kompaniyaning mahsulotiga sarflanadigan xarajat koʻp narsani aytib berishi mumkin. Agar mahsulotni ishlab chiqarish qiymati uning bozor narxidan past boʻlsa, kompaniya yaxshi ishlamoqda. Ammo, agar bir rubl mahsulotni ishlab chiqarish uchun ikki rubl sarf qilinsa, bunday kompaniya dushanba kunigacha omon qolmaydi. Bundan tashqari, eng muhim iqtisodiy koʻrsatkichlarning dinamikasini kuzatib borish kerak. Ulardan biri — yalpi ichki mahsulot. Ushbu koʻrsatkich birinchi marta 1934 yilda, 1971 yilda Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan Saymon Kuznets tomonidan taklif etilgan.
Har qanday strategik obʼyektning kelajagi deklaratsiyalanmagan, ammo haqiqiy natijalarga erishish nuqtai nazaridan baholanishi kerak. Agar davlat, mintaqa yoki korxona oʻz oldiga amalga oshira olmaydigan maqsadlarni qoʻysa, bu halokatga olib keladi. Va bu strategiya xato ekani koʻrinadi, uning yetakchilari esa uzoqni koʻra olmasliklarini namoyish etadilar. Shuning uchun strategiya siyosiy yetakchilar uchun xavflidir: u aniq xatolarni, maqsad va koʻrsatmalarning amalga oshmaganini namoyon qiladi. Boshqa tomondan, amaliy va ishonchli strategiya har qanday rahbarga, hatto imkoniyatlari cheklangan boʻlsa ham, gʻolibning samarali qurolini beradi. Strategiya — bu muvaffaqiyat falsafasi. U doimo gʻalaba qozonishga qaratilgan. Ayni paytda strategiya — juda nozik masala. Axir, uning koʻpgina elementlari va hujjatlari har doim maxfiydir. Miloddan avvalgi VI-V asrlarda yashagan qadimgi Xitoy strategi Sunszi: Yuzta jangda gʻalaba qozonish ikkinchi yaxshi natija, dushman rejalarini barbod qilish natijalarning yaxshisidir” degandi.
Ammo siz ushbu rejalarni bilmasangiz, buni qanday amalga oshirishingiz mumkin?
- Shuning uchun strategiyaning muhim qismi, rejalar har doim raqobatchi va raqiblarga nomaʼlum boʻlishi kerak. Bunday vaziyatda rahbarlar dilemma bilan duch kelishadi. Bir tomondan, amalga oshirilayotgan strategiyaning mohiyati raqobatchi va raqiblar tomonidan nomaʼlum boʻlgan qorongʻilik bilan yashiringan boʻlishi kerak, boshqa tomondan, yetakchining muvaffaqiyatga erishishi uchun u odamlarning gʻayratini uygʻotishi, strategiya ularning hayotiy haqiqatiga aylanishiga imkon beradigan qadriyatlar, qiziqishlar va intilishlarni namoyish qilishi kerak.
Rossiya yangi dinamizmga muhtoj. Oʻqituvchilar va olimlar, ayniqsa ushbu davrda, talabalar, magistrantlar va aspirantlarni sust rivojlanishning inersiyasiga emas, balki fanni Strategiyaga asoslangan iqtisodiy rivojlanishning lokomotiviga aylantirish uchun yoʻnaltirishga harakat qilishlari kerak. Shu sababli strategiya yangi fan, yangi taʼlim yoʻnalishi va yangi kasb sifatida juda dolzarb va samarali hisoblanadi.
Anastasiya Penzina suhbatlashdi
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Pandemiyaning Oʻzbekiston avtomobilsozlik sanoatiga taʼsiri nisbatan yumshoq oʻtmoqda

Inqiroz ichidagi inqiroz: COVID-19 va xalqaro migratsiya

Tibbiyot OTM bitiruvchilari vaziyat ogʻir boʻlgan hududlarda ishlaydi

