Qurbon hayiti kuni va shanba-yakshanba kunlari butun sutka davomida respublika miqyosida harakatlanish toʻxtatiladi
Mazkur cheklov maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida harakatlanadigan avtotransport vositalariga tatbiq etilmaydi.

Joriy yil 31 iyul, 1-2 avgust hamda 8-9 avgust (shanba va yakshanba) kunlari butun sutka davomida respublika miqyosida harakatlanish, avtotransport vositalarining, yoʻnalishsiz taksilarning harakati toʻliq toʻxtatiladi.

Rasman karantin cheklovlari 15 avgustiga qadar uzaytirildi
Shu bilan birga, fuqarolarga kechiktirib boʻlmaydigan tez tibbiy yordam koʻrsatish (homiladorlik, tugʻruq, tana jarohati, OIV/OITS, onkologik yordam, nurlanish terapiyasi, gemodializ yordamini koʻrsatish, test va qon topshirish, jarrohlik amaliyoti zarur boʻlganda, inson sogʻligʻiga va hayotiga xavf tugʻdirayotgan boshqa holatlar) bilan bogʻliq hollarda tibbiyot muassasasiga borayotgan va undan qaytayotgan shaxsiy avtotransport vositalari harakatlanishi uchun maxsus ruxsatnomalar talab etilmasligi belgilandi va shu munosabat bilan mutasaddilarga mazkur holatlarda fuqarolarning avtotransport vositalari harakatlanishiga toʻsqinlik qilmaslik, zarur hollarda fuqarolarni manziliga yetkazishda amaliy yordam koʻrsatish yuzasidan aniq koʻrsatma berildi.
Mazkur cheklov maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida harakatlanadigan avtotransport vositalariga hamda Respublika maxsus komissiyasining joriy yil 8 iyuldagi qarori bilan tasdiqlangan Avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Bogʻchalar, bozorlar, dam olish maskanlari, sartaroshxonalar va restoranlar faoliyati toʻxtatiladi
Mamlakatdagi epidemiologik vaziyat ogʻirlashganligi munosabati bilan, shuningdek, aholi oʻrtasida koronavirus infeksiyasining tarqalish zanjirini uzish maqsadida hamda epidemiologlarning tavsiyalarini inobatga olgan holda, joriy yilning 31 iyul, 1-2 avgust hamda 8-9 avgust (shanba va yakshanba) kunlari quyidagilar tavsiya etiladi:
aholiga — «oʻzini oʻzi yakkalash» hayot tarziga qatʼiy rioya etgan holda oʻz uylarida qolish;
davlat organlari va muassasalari, xoʻjalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlarga — xodimlarni ishga jalb etmaslik, xodimlarning ushbu kunlarda uyda qolishi uchun sharoit yaratish.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Pandemiyaning Oʻzbekiston avtomobilsozlik sanoatiga taʼsiri nisbatan yumshoq oʻtmoqda

COVID-19 pandemiyasi sharoitida davlatning puxta oʻylangan rivojlanish strategiyasi juda muhimdir – ekspert

Inqiroz ichidagi inqiroz: COVID-19 va xalqaro migratsiya

