Oʻzbekiston yil boshidan buyon 1,7 mlrd dollarlik mahsulot eksport qildi
2020 yilning yanvar-aprel oylarida esa rasmiylashtirilgan 3 mingta yaqin eksport bojxona deklaratsiyalari asosida 1,7 mlrd. AQSh dollarlik mahsulotlar dunyoning 73 ta davlatiga yetib bormoqda.

Oʻzbekiston 2020 yilning yanvar-aprel oylarida 1,7 mlrd. dollarlik mahsulotlarni xorijga eksport qildi. Bu haqda Davlat bojxona qoʻmitasi matbuot xizmati xabar qildi.
Respublikada eksportyor tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar, qulayliklar va erkinliklarni oʻzida qamragan yangi tartiblar joriy qilinmoqda.
Masalan, tovarlar uchun eksport boji bekor qilindi, bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar qisqartirildi, eksportdan tushgan valyuta mablagʻlarini davlatga majburiy sotish kabi byurokratik tartiblar bekor qilindi.
Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi yuridik shaxslar eksportni dastlabki toʻlovsiz, akkreditiv ochmasdan, bank kafolatini rasmiylashtirmasdan hamda eksport shartnomasini siyosiy va tijorat xavflaridan sugʻurta polisisiz amalga oshirishmoqda.
Eksport kontraktini tuzishga hojat yoʻq — invoysning oʻzi yetarli. Tadbirkorlik subʼyektlari ulgurji savdo qilish litsenziyasiga ega boʻlmasdan meva-sabzavot mahsulotlari eksportini amalga oshirishmoqda va mahsulotlarning eksport narxlarini erkin belgilashmoqda.
Amaldagi tartiblarga binoan eksport qilinadigan meva-sabzavot mahsulotlari bojxona koʻrigidan oʻtkazilmaydigan boʻldi.

“2020 yilning yanvar-aprel oylarida esa rasmiylashtirilgan 3 mingta yaqin eksport bojxona deklaratsiyalari asosida 1,7 mlrd. AQSh dollarlik mahsulotlarga xorijga eksport qilindi”, deyilgan xabarda.
Milliy mahsulotlar hozirda dunyoning 73 ta davlatiga yetib bormoqda. Mazkur davlatlar roʻyxatida Rossiya, Turkiya, Qozogʻiston, Xitoy, Qirgʻiziston, Afgʻoniston kabi mamlakatlar oldingi qatorlarda turadi.
Taʼkidlanishicha, tadbirkorlar yil boshidan buyon 186 mln. dollar qiymatidagi meva-sabzavotlarni xorijga eksport qilishga muvaffaq boʻlgan.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

