Oʻzbekistonda Covid-19 yuqtirib olgan yana bir bemor vafot etdi
Oʻzbekistonda koronavirus qurbonlari soni 11 nafarga yetdi. 13 may kuni bemor toyloqlik bemor oʻtkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.

Toyloqlik Oʻ. shu yilning 9 may kuni burnidan qon ketishi va umumiy ahvoli ogʻirligi kuzatilganligi sababli Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand viloyat filiali reanimatsiya boʻlimiga yotqizilgan.Oʻtkazilgan diagnostik tahlillardan soʻng bemorda Covid-19 infeksiyasi ham aniqlangan.
Ushbu bemor (erkak) surunkali boʻyrak yetishmovchiligi va anemiya ogʻir darajasi tashxisi bilan dispanser nazoratida boʻlgan. Unga ikkinchi guruh nogironlik ham belgilangan.
Shu yilning 28 aprelidan 5 mayigacha u yuqorida keltirilgan tashxis bilan tibbiyot muassasasida davolangan, muntazam rejali dializ seanslarini olib kelgan. Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli mamlakatimizdagi nufuzli mutaxassislar bilan birga xorijlik shifokorlar tomonidan ham bir necha bor konsiliumlar oʻtkazilib, nazoratga olingan.
Biroq mutaxassislarning standartlar asosida oʻtkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor oʻtkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

