| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi198 marta oʻqildi

Koronavirus pandemiyasi davrida Oʻzbekistonda ishsizlik darajasi nechi foizga yetdi?

Oʻzbekistonda birinchi chorakda ishsizlik 9,4 foizni tashkil qildi. Eng yuqori ishsizlik darajasi Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida.

Koronavirus pandemiyasi davrida Oʻzbekistonda ishsizlik darajasi nechi foizga yetdi?

Oʻzbekistonda 2020 yilning birinchi choragida ishsizlik darajasi 9,4 foizni tashkil qildi. Bu haqda moliya vaziri oʻrinbosari Dilshod Sultonov oʻzining 2019 yildagi Davlat byudjetining ijrosi yuzasidan OʻzLiDeP fraksiyasiga bergan hisobotida maʼlum qildi.

Hisobotga koʻra, 2020 yilning yanvar-mart oylarida eng yuqori ishsizlik darajasi 9,8 foiz bilan Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida, 9,7 foiz bilan Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo va Fargʻona viloyatlarida qayd etilgan. Ishsizlik boʻyicha eng past koʻrsatkich esa Toshkent shahrida (7,8 foiz) aniqlangan. Ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band boʻlmagan aholi (ishsizlar) soni 1,399 mln kishini tashkil etgan.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda ishsizlik darajasi 2019 yilning I choragida ham 9,4 foizni tashkil etgan edi. Xuddi shuningdek, ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band boʻlmagan aholi (ishsizlar) soni ham 1,4 mln nafarga (1,391 mln) yetgan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ