Финансы
194 ta material

Xalqaro valyuta jamgʻarmasi COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashish uchun Oʻzbekistonga 375 million dollar ajratadi
Ushbu mablagʻlar global inqiroz va koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladi.

Ayrim mikrofirma va kichik korxonalarga ijtimoiy soliq stavkasi kamaytiriladi
Pandemiya davrida aholi va tadbirkorlik subʼyektlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Prezident Farmoni qabul qilindi.

Koronavirus pandemiyasi davrida Oʻzbekistonning byudjeti qanday oʻzgardi?
Moliya vazirligi 2020 yil I chorak yakunlari boʻyicha Davlat byudjeti ijrosi toʻgʻrisida axborot tahliliy sharhni taqdim etdi.

Rossiyadagi 202 nafar Oʻzbekiston fuqarosiga moliyaviy yordam berildi
Rossiyada boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga bir marta beriladigan moddiy yordamni toʻlab berilmoqda.

Sardobadagi toshqin oqibatlarini bartaraf etish uchun davlat byudjetidan jami 1,5 trln soʻm ajratiladi
Sardoba suv omborida yuzaga kelgan toshqin oqibatlari va ularni bartaraf etish maqsadida davlat byudjetidan jami 1,5 trln soʻm ajratiladi. Ushbu mablagʻlar 9ta yoʻnalishda taqsimlanishi koʻzda tutilgan.

Tadbirkorlar va aholiga bir qancha imtiyozlar beriladi
Ehtiyojmand oilalarni yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida nafaqa oluvchi oilalar soni qoʻshimcha 70 mingtaga yoki 10 foizga koʻpaytirilib, byudjetdan yana 200 milliard soʻm ajratiladi.

Sherzod Kudbiyev Davlat soliq qoʻmitasi raisi lavozimiga maʼqullandi
Davlat Soliq qoʻmitasining raisi lavozimida faoliyat olib borgan Musayev Behzod Anvarovich oʻrniga Qudbiyev Sherzod Davlyatovich nomzodi maʼqullandi.

Byudjet xarajatlari optimallashtiriladi
Parlament yuqori palatasi aʼzolari toʻrtinchi yalpi majlis doirasida “2020 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqishdi.

Koronavirusga qarshi kurashish uchun: Oʻzbekiston tajribasi – sharh
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi "Taraqqiyot strategiyasi" markazi bilan birgalikda Oʻzbekistonda koronavirus holatini oʻrganib, chora-tadbirlar va ularni moliyalashtirishning toʻliq turlarini taqdim etdi.

Timur Ishmetov: Tibbiyot xodimlarining mashaqqatli mehnati uchun minnatdormiz. Mukofot toʻlovlari nazoratga olindi
Moliya vaziri Timur Ishmetov oʻzining Tvitterdagi sahifasida tibbiyot xodimlariga minnatchidorlik bildirish bilan birga, ularga vada qilingan mukofot pullari toʻlab berilganligi haqida maʼlum qilgan.

Makraiqtisodiyot muammosi: Kambagʻallik yoki pandemiya
Pandemiya sharoitida daromadlarning pasayishi va jamgʻarmalarning uzoq muddatga yetmaslik ehtimoli davlat tomonidan qoʻshimcha mablagʻlarni safarbar etishni taqozo etadi. Bu esa, byudjet daromadlari qisqargan sharoitda qarz mablagʻlarini jalb etishga zaruratni keltirib chiqaradi, deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Nodir Jumayev. Shshuningdek, professor N.Jumayev olib borilgan tadqiqotlar asosida Oʻzbekistonda kambagʻallikni keltirib chiqarishga sabab boʻlgan muhim sabablarni keltirib oʻtdi.

BAA kompaniyasi Navoiy viloyatida fotoelektrik stansiyasi quradi
Navoiy viloyatida umumiy quvvati 100 MVt boʻlgan fotoelektrik stansiyani loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish va ishlatish boʻyicha tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish uchun investor tanlab olish jarayoni yakunlandi.

Partisipator byudjetlashtirish: Fuqarolarni byudjet jarayonidagi ishtirokining samarali mexanizmi
“Partisipator” soʻzi - ingliz tilida “participate” - “tashabbusli yoki faol ishtirok etish” degan maʼnoni anglatadi. Partisipator byudjetlashtirish - bu fuqarolarning tashabbuslarini hisobga olgan holda byudjet mablagʻlarining bir qismini taqsimlash va bu mablagʻlarni sarflash yoʻnalishlarini tanlash boʻyicha ularning bevosita ishtirokida qarorlarni qabul qilish, shuningdek qabul qilingan qarorlarning amalga oshirilishini kuzatish amaliyotidir.

Bir qator yoʻnalishlar faoliyatini qayta boshlash uchun ruxsat beriladi
Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasi qarori bilan epidemiya sharoitida iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror ishlashini taʼminlash, aholi oʻrtasida ishsizlik oshib ketishining oldini olish hamda byudjet tushumlarini taʼminlash uchun iqtisodiyotning qator yoʻnalishlari faoliyatiga ruxsat berilmoqda.

Eksportni moliyalashtirish: eksport oldi kreditlari va eksport jarayonlarini sugʻurtalash
Har bir davlatning eksport salohiyatini oshirishda eksport tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatishni moliyalashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan, Oʻzbekistonda eksportbop tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni moliyalashtirish, xususan, eksport oldi kreditlari berish hamda eksport faoliyatini sugʻurtalash maqsadida moliya va kapital bozorlarini yanada rivojlantirish kechiktirib boʻlmaydigan vazifalardan hisoblanadi.

Pandemiyaning salbiy oqibatlariga qarshi kurashish uchun grantlar jalb qilinadi
“Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, byudjet, bazaviy infratuzilma va tadbirkorlik subʼyektlarini qoʻllab-quvvatlash uchun tashqi yordam mablagʻlarini jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi.

DSQ yirik soliq toʻlovchilarga stiker beradi
Avtotransport vositasidan foydalanish uchun ruxsat beruvchi stiker olgan xodimlar mehnat daftarchasining nusxasi va ish joyidan berilgan tasdiqlovchi hujjatga ega boʻlishi kerak.

Qishloq xoʻjaligi sohasini modernizatsiya qilish uchun qariyb 700 million dollarlik loyiha moliyalashtiriladi
Loyihani amalga oshirish davri 6 yilni (2020 – 2026-yillar) tashkil etib, Oʻzbekiston Respublikasining barcha viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasida amalga oshiriladi.

11 mlrd soʻmdan ortiq soliqlarni toʻlash kechiktirildi
19 apreligacha mahalliy davlat hokimiyati va soliq xizmati organlarining qarorlari asosida tadbirkorlik subʼyektlarining soliqlarini toʻlash muddatlari kechiktirildi.

Yevropa Ittifoqi Oʻzbekistonga pandemiyaga qarshi kurash uchun koʻmak ajratishini maʼlum qildi
Sharl Mishel Yevropa Ittifoqi ushbu global xatarga qarshi kurashishda Oʻzbekistonga moliyaviy-texnik koʻmak ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilingani haqida xabar qildi.

Byudjet tashkilotlari xodimlariga ayrim toʻlovlar hisoblanishi toʻxtatib turiladi
Qarorga muvofiq, byudjet tashkilotlarida ishlaydigan xodimlarga 2020 yilning 16 aprelidan 1 oktyabriga qadar moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasi hamda direktor jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlovlar hisoblanishi toʻxtatib turiladi

Ish haqi, pensiyalar, stipendiya va nafaqalar oʻz vaqtida toʻlanadi
“Koronavirus pandemiyasi davrida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti barqarorligini taʼminlash va birinchi navbatdagi tadbirlarni oʻz vaqtida moliyalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi.

Fuqarolar Davlat soliq qoʻmitasiga avvalgidan koʻra kamroq murojaat qilmoqda
Davlat soliq qoʻmitasining "Ishonch telefoni" va "Qoʻnhiroqlar markazi"ga aholidan kelib tushayotgan murojaatlar soni kamaygan. Respublikaning uchta viloyatidan boshqa hududlarga nisbatan koʻproq murojaat tushgan.

Naqd pul muomalasini qisqartirish choralari belgilanmoqda
Barcha turdagi korxona va tashkilotlar, shu jumladan byudjet tashkilotlari xodimlarining oylik ish haqlari va pensiya toʻlovlari bank kartalari orqali toʻlanadi. Shuningdek, barcha mahalla fuqarolar yigʻinlari binolari oldida bankomatlarni joylashtiriladi.

Oʻzbekistonda 6,76 milliard soʻmdan ziyod soliqlarni toʻlash muddati keyinga qoldirildi
Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish davrida iqtisodiy barqarorlikni va sohalarning uzluksiz ishlashini taʼminlash, aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida bir qator soliq imtiyozlari joriy etildi.
