Bir qator yoʻnalishlar faoliyatini qayta boshlash uchun ruxsat beriladi
Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasi qarori bilan epidemiya sharoitida iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror ishlashini taʼminlash, aholi oʻrtasida ishsizlik oshib ketishining oldini olish hamda byudjet tushumlarini taʼminlash uchun iqtisodiyotning qator yoʻnalishlari faoliyatiga ruxsat berilmoqda.

Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasi qarori bilan epidemiya sharoitida iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror ishlashini taʼminlash, aholi oʻrtasida ishsizlik oshib ketishining oldini olish hamda byudjet tushumlarini taʼminlash uchun iqtisodiyotning qator yoʻnalishlari faoliyatiga ruxsat berilmoqda:
qurilish materiallari bozorlari, shu jumladan, qurilish materiallarining chakana va ulgurji savdosi faoliyati bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarga (maydoni 500 kv.m dan kam boʻlmagan);
yirik ishlab chiqaruvchi subʼyektlarning oʻz mahsulotlarini sotishga moʻljallangan hududlardagi tarmoq doʻkon (magazin)lariga (sanitar normasi 10 kv.m ga 1 nafar xaridor tartibi asosida);
hunarmand va ustalarga – ular tomonidan yasalgan buyumlarni bozor rastalaridan tashqari alohida joylashgan joyda (doʻkon) sotish faoliyatiga;
urugʻ va koʻchat yetishtirish hamda ularni sotish faoliyati bilan shugʻullanadigan tadbirkorlik subʼyektlariga (mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar);
tijorat banklarining obʼyektlardagi shahobchalariga (kassalari);
✅avtomobillarga ehtiyot qismlar sotish faoliyati bilan shugʻullanadigan tadbirkorlik subʼyektlariga (mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar);
✅avtomobillar, qishloq xoʻjaligi va qurilish texnikalariga servis xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarga – 1000 kv.m dan kam boʻlmagan maydonga ega subʼyektlar, shuningdek, vulkanizatsiya xizmatlari koʻrsatuvchi subʼyektlarga;
✅kimyoviy tozalash bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subʼyektlariga;
✅notarial idoralar va sugʻurta kompaniyalarini faoliyat yuritishiga;
✅toʻxtab qolgan investitsiya loyihalari va ijtimoiy soha obʼyektlarini qurish ishlarini davom ettirishiga ijozat berilgani shular jumlasidan.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

