Timur Ishmetov: Tibbiyot xodimlarining mashaqqatli mehnati uchun minnatdormiz. Mukofot toʻlovlari nazoratga olindi
Moliya vaziri Timur Ishmetov oʻzining Tvitterdagi sahifasida tibbiyot xodimlariga minnatchidorlik bildirish bilan birga, ularga vada qilingan mukofot pullari toʻlab berilganligi haqida maʼlum qilgan.

Oʻzbekistonda 7 may sanasiga koʻra, tibbiyot xodimlarining 15825 nafariga 54,9 mlrd soʻm miqdorida mukofot pullari toʻlab berildi. Bu haqda Moliya vaziri Timur Ishmetov maʼlum qildi.
Prezident farmoni bilan mamlakatimizda tibbiyot, sanitariya-epidemiologik va boshqa xodimlar koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilinadigan davrda ularning oylik lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qoʻshimcha toʻlovlar belgilangan edi.

Shuningdek, Prezident qaroriga koʻra, koronavirus infeksiyasidan zararlangan bemorlar bilan muloqotga kirishadigan, zararlangan bemorlar joylashtirilgan obʼyektlarda hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalarida faoliyat olib borayotgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga har 14 kunlik faoliyat davri uchun quyidagi miqdorlarda (soliqlardan tashqari) maxsus qoʻshimcha ragʻbatlantirish toʻlovi belgilangan:
vrach xodimlarga, vrach-laborantlarga — 25 million soʻm;
oʻrta tibbiyot xodimlariga, hamshira-laborantlarga — 15 million soʻm;
kichik tibbiyot xodimlariga — 10 million soʻm;
boshqa xodimlarga — 5 million soʻm.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

