Финансы
194 ta material

Qoʻlda terilgan paxta uchun toʻlanadagan haq miqdori maʼlum qilindi
Taʼlim, sogʻliqni saqlash tashkilotlari va boshqa byudjet tashkilotlari xodimlarini hamda taʼlim muassasalari oʻquvchilari va talabalari paxta terimiga jalb qilinmaydi. Buning uchun Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari shaxsan masʼul etib tayinlangan.

Odilbek Isoqov: Olinayotgan tashqi qarzlar xalqning hayotini yaxshilash maqsadida sarflanyapti
Moliya vaziri oʻrinbosari Odilbek Isoqov AOKAda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida tashqi qarz masalasiga toʻxtalib oʻtar ekan, olinayotgan qarzlarning qayerga, qanday sarflanayotgani jamoatchilik nazoratida boʻlishi kerakligini taʼkidladi.

“Oʻzbekgidroenergo” yangi GESlarni qurishda OTB bilan hamkorlik qiladi
Oʻzbekiston Respublikasi va Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasida “barqaror gidroenergetika” loyihasi doirasida Oqsu daryosida Rabat GES qurilishi, Oqsu daryosida Chappasuy GES qurilishi va Oqdaryo-Oqsu daryosida Tamshush GES qurilishi loyihalarini moliyalashtirish uchun 25 yil muddatga 60,0 mln AQSh dollari miqdorida kredit ajratilishi boʻyicha zayom kelishuvi imzolandi.

Eksport qiluvchilarning sugʻurta mukofoti uchun toʻlov xarajatlari kompensatsiya qilinadi
Sugʻurta mukofoti uchun toʻlov xarajatlari Davlat byudjetidan ajratiladigan subsidiya mablagʻlari hisobidan sugʻurta pulining 1%idan ortiq boʻlmagan miqdorda kompensatsiya qilib beriladi.

2019 yil va 2020 yilning birinchi yarmida bogʻchalarda aniqlangan yirik moliyaviy qonunbuzarliklar
Respublika boʻyicha bogʻchalarda eng yirik moliyaviy qonunbuzarliklar Samarqand viloyatida, eng kam miqdorda moliyaviy qonunbuzarliklar Sirdaryo viloyatida kuzatildi.

Oʻzbekiston hukumati 2020-2021 yillarda iqtisodiy oʻsishni tiklash boʻyicha keng koʻlamli inqirozdan keyingi dasturni qabul qildi
Aholi bandligini taʼminlash va daromadlarini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini birinchi marta amalga oshirayotgan shaxslarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha dasturiy chora-tadbirlarni kengaytirish orqali ichki talabni ragʻbatlantirish va kambagʻallikni qisqartirish.

Ikkita roʻyxatda boʻlgan bolalarga moddiy yordam qanday toʻlanadi (video)
Moliya vaziri birinchi oʻrinbosari Dilshod Sultanov 16 yoshgacha boʻlgan bolalarga toʻlanadigan bir martalik 500 ming soʻm yordam puli kimlarga va qay tarzda toʻlanishi xususida "Oʻzbekiston 24" telekanalida batafsil maʼlumot berdi.

Timur Ishmetov: QQS boʻyicha joriy yil yanvar-iyun oylarida tushumlar 2 trln. soʻmga kamaydi
2020 yil I yarim yilligida soliq toʻlovchilarga qoplab berilgan QQS summasi 1,6 trln. soʻmni tashkil etdi.

Gidroenergetika sohasini rivojlantirish uchun Fransiya taraqqiyot agentligi bilan 55,8 mln yevrolik kredit ajratilishi boʻyicha kelishuvi imzolandi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Fransiya taraqqiyot agentligi oʻrtasida bir nechta GESlarning faoliyati xavfsizligini oshirish loyihalarini moliyalashtirish uchun 20 yil muddatga 55,8 mln yevrolik kredit ajratilishi boʻyicha zayom kelishuvi imzolandi.

Osiyo taraqqiyot banki Oʻzbekistonga yana 200 mln dollar kredit ajratishi mumkin
OTB direktorlar kengashi tomonidan elektr energetika sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda Oʻzbekiston byudjetini qoʻllab-quvvatlash uchun 3 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan holda 15 yil muddatda qaytarish sharti bilan 200 million AQSh dollari miqdorida kredit ajratilishini koʻrib chiqadi.

COVID-19 pandemiyasi sharoitida davlatning puxta oʻylangan rivojlanish strategiyasi juda muhimdir – ekspert
Strategiyaning mohiyatini chuqur anglamaslik nimalarga olib kelishi mumkinligi haqida iqtisod fanlari doktori, professor, Rossiya Fanlar akademiyasining xorijiy aʼzosi, Moskva Iqtisodiyot maktabi, M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining iqtisodiy va moliyaviy strategiya kafedrasi mudiri, strategiya nazariyasi va metodologiyasi boʻyicha ilmiy ishlari uchun M.V. Lomonosov nomidagi I darajali mukofoti sovrindori Vladimir Lvovich Kvint gapirib berdi.

QQS summasi oʻrnini qoplash tartibi belgilandi
“Qoʻshilgan qiymat soligʻi hamda chet el yuridik shaxslari bilan bogʻliq soliq maʼmurchiligini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Hukumat qarori qabul qilindi.

Oʻzbekistonda byudjet xarajatlari 2021 yilgacha qisqarishi mumkin
Byudjet tashkilotlarida 2021 yilning 1 yanvariga qadar moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi, shu jumladan, direktor jamgʻarmasi boʻyicha koʻzda tutilgan mablagʻlardan toʻlovlar toʻxtatib turiladi.

Eksport yuklarini va ularni tashishlarni sugʻurta qilish tartibi belgilandi
Sugʻurta qildiruvchi kim ekanligidan (eksport qiluvchi yoki moliyalovchi) kelib chiqib sugʻurta shartnomasining bir necha turi farqlanadi.

Jahon banki 30 yil muddatga shartlar asosida 500 mln dollar mablagʻ ajratadi
Prezident qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish loyihasi toʻgʻrisidagi qarorni imzoladi. Qaror bilan Jahon banki tomonidan moliyalashtirilayotgan loyihaning ustuvor yoʻnalishlari, mablagʻdan foydalanish sxemasi va tartiblari belgilab berilgan.

Davlat byudjetining 1-yarim yillik xarajatlari 64 878,9 mlrd. soʻmni tashkil etdi
Hisobot davrida mahalliy byudjetlarning daromadlar qismi 12 870,7 mlrd. soʻmni, xarajatlar qismi esa 20 203,3 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga byudjetdan qoʻshimcha 2 trillion soʻm ajratiladi
Ushbu mablagʻlar joriy yil yakuniga qadar qoʻshimcha 500 ming nafar ijtimoiy nafaqa oluvchilarga yoʻnaltirilishi belgilangan.

Ipoteka kreditlarini subsidiyalash uchun 7 milliard soʻmdan ziyod boshlangʻich badal toʻlab berildi
Oʻzbekistonda daromadi yuqori boʻlmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan oilalarga ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplash uchun Davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga subsidiyalar toʻlanishi belgilangan.

Markaziy bank Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan ikkita bitimni imzoladi
XMK bilan birgalikda keng ommaga yetkazish uchun moliyaviy savodxonlikning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha ommabop oʻquv materiallari ishlab chiqiladi.

Oʻzbekiston oltin-valyuta zaxiralari 32 mlrd dollardan oshdi
Markaziy bank Oʻzbekiston rasmiy zaxira aktivlari hajmi 32,3 mlrd AQSh dollari tashkil etishini maʼlum qildi. Oltin-valyuta zaxirasi 2020 yil boshidan deyarli 11 foizga oʻsgan va taxminan 20 oy davomida importni moliyalashtirishga yetadi.

Berilgan soliq imtiyozlarlari uzaytiriladi
2020 yilda Soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan hollarda, soliq toʻlovchilarga soliq hisobotlarini taqdim etish muddatlarini 5 kundan koʻp boʻlmagan muddatga kechiktirganlik uchun jarima solinmaydi.

Tadbirkorlarga koʻchma savdo qilish huquqi beriladi
2021 yil 1 iyulga qadar tadbirkorlarga hokimiyat organlari bilan shartnoma tuzmasdan soliq organlarini xabardor qilish orqali avtodoʻkon, avtomagazin, avtotirkama, avtotsisterna va fudtraklar orqali savdo qilish huquqi beriladi.

Umumiy ovqatlanish sohasini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi Prezident farmoni loyihasi tayyorlandi
Loyihada soliq imtiyozlarini uzaytirish, kafe va restoranlarga yozgi teraslarini joylashtirish tartibini joriy etish hamda muassasalarga kunu tun ishlashga ruxsat berish rejalashtirilmoqda.

Itogi deyatelnosti AO "UzRTSB" ZA I polugodiye 2020 goda
Obshiy obʼyem sdelok, zaklyuchennix za I polugodiye 2020 goda na vsex torgovix platformax AO «Uzbekskaya respublikanskaya tovarno-siryevaya birja» sostavil 25 405,6 mlrd sumov, chto na 22% previshayet analogichniy pokazatel za I polugodiye 2019 goda.

1 sentyabrgacha Boʻstonliq tumanidagi davlat tasarrufida boʻlgan pansionatlar, sanatoriylar xususiylashtiriladi
Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida joylashgan byudjet tashkilotlari va davlat korxonalariga tegishli boʻlgan idoraviy dam olish uylari xususiy sektorga sotiladi.
