Umumiy ovqatlanish sohasini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi Prezident farmoni loyihasi tayyorlandi
Loyihada soliq imtiyozlarini uzaytirish, kafe va restoranlarga yozgi teraslarini joylashtirish tartibini joriy etish hamda muassasalarga kunu tun ishlashga ruxsat berish rejalashtirilmoqda.

Umumiy ovqatlanish sohasini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi Prezident farmoni loyihasi ishlab chiqildi. Bu haqda Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati.
Hujjatda, jumladan, 2020 yil oxiriga qadar quyidagilarni amalga oshirish koʻzda tutilmoqda:
bir qator soliq imtiyozlarini uzaytirish;
yollanma ishchilar sonini koʻpaytirish;
umumiy ovqatlanish yozgi teraslarini joylashtirish tartibini joriy etish;
umumiy ovqatlanish va boshqa koʻngilochar muassasalarning ish vaqtini 24 soatgacha uzaytirish va boshqalar.
Tashkilotga restoran biznesi va umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan bir qator tadbirkorlar ushbu sohani qoʻllab-quvvatlash uchun inqirozga qarshi choralar koʻrishga yordam berish boʻyicha murojaat qilishgan.
Hozirda loyiha tadbirkorlar va SSP jamoat ekspertizasi ishchi guruhi takliflarini hisobga olgan holda takomillashtirilmoqda.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

