Osiyo taraqqiyot banki Oʻzbekistonga yana 200 mln dollar kredit ajratishi mumkin
OTB direktorlar kengashi tomonidan elektr energetika sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda Oʻzbekiston byudjetini qoʻllab-quvvatlash uchun 3 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan holda 15 yil muddatda qaytarish sharti bilan 200 million AQSh dollari miqdorida kredit ajratilishini koʻrib chiqadi.

Energetika vazirligi «Elektr energetika sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi byudjetini qoʻllab-quvvatlash uchun Osiyo taraqqiyot bankining 200 million AQSh dollari miqdoridagi kreditini jalb qilish toʻgʻrisida»gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini muhokamaga qoʻydi.

OTB sogʻliqni saqlash tizimini mustahkamlash uchun Oʻzbekistonga 100 million dollar ajratadi
Loyihaga koʻra, 2020 yil 14 avgustda Oʻzbekiston va OTB oʻrtasida kredit shartnomasi muzokaralari oʻtkazilganligi, shuningdek, 2020 yil 28 sentyabrda OTB direktorlar kengashi tomonidan elektr energetika sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda Oʻzbekiston byudjetini qoʻllab-quvvatlash uchun 3 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan holda 15 yil muddatda qaytarish sharti bilan 200 million AQSh dollari miqdorida kredit (Policy Based Loan) ajratilishini koʻrib chiqadi.
Belgilab qoʻyilishicha:
OTB krediti Oʻzbekistonning respublika byudjeti xarajatlarini hamda qisman «Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish» loyihasini moliyalashtirish uchun ajratiladi;
Moliya vazirligi loyihaning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish, OTB tomonidan ajratilgan kreditdan maqsadli hamda samarali foydalanilishi yuzasidan ijro etuvchi organ hisoblanadi;
OTB asosiy kreditini soʻndirish, shuningdek, ular boʻyicha foizlar, majburiyat uchun toʻlovlarni toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Moliya vazirligi elektr energetikasi sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda byudjetni qoʻllab-quvvatlash (Policy Based Loan) uchun OTB tomonidan ajratilgan kredit hisobidan «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatiga loyihani moliyalashtirishga 82 million AQSh dollari miqdoridagi mablagʻlarni, oʻn besh yil muddatga uch yillik imtiyozli davri bilan olti oylik LIBOR+1,25 foiz (bunda 0,75 foiz Moliya vazirligi ustamasi) toʻlash sharti bilan kredit ajratadi.
«Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati loyihaning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish, Moliya vazirligi tomonidan ajratilgan kreditdan maqsadli hamda samarali foydalanilishi yuzasidan masʼul organ etib belgilanadi.
Oʻzbekiston moliya vaziriga elektr energetika sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda Oʻzbekiston byudjetini qoʻllab-quvvatlash uchun OTBning 200 million AQSh dollari miqdoridagi (Policy Based Loan) kreditini jalb etish uchun Oʻzbekiston va OTB oʻrtasida qarz bitimini Oʻzbekiston nomidan imzolash vakolati beriladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

